Ampermetr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Ampermetr ishchi sxemasi

Ampermetr (amper va ...metr) — oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok kuchini oʻlchaydigan asbob; elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Shkalasi asbobning oʻlchash chegarasiga muvofiq mikroamperlarda, milliamperlarda, kiloamperlarda darajalarga boʻlinadi. Oʻlchash chegarasini oshirish uchun shuntlab yoki transformator orqali ulanadi. Tok ta’sirida asbob mili buriladi; milning burilish burchagi tok kuchiga mutanosib boʻladi. Ishlash tarziga qarab, ampermetrlar magnitoelektrik, elektro-magnit, elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, issiqlik, termoelektrik, toʻgʻrilagichli tizimdagi ampermetrlarga boʻlinadi.

Boshqa o'lchov asboblari[tahrir | manbasini tahrirlash]