Amos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amos - o‘n ikki «kichik» hisoblanuvchi Bibliya payg'ambarlaridan biri. Miloddan avvalgi VIII asrda hayot kechirgan yahudiy payg‘ambarlardan biri. Amos Bayt Lahmga yaqin Fekoya shahrida oddiy cho‘pon bo‘lgan. Bir kun unga vahiy kelib, shimoliy Isroil podshoxdigiga borish va qiyomat kuniyaqin qolganidan ogohlantirish buyurilgani qayd qilinadi. U Qadimgi Isroilning asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan Vefil shahridagi ibodatxonada targ‘ibot ishlarini olib borayotgan vaqtda, mahalliy ruhoniy Amasiya uni quvib yuboradi. Shundan so‘ng Amos oshkora da’vat olib bormasdan, unga kelayotgan vahiyni yoza boshlaydi. “Payg‘ambarlar kitobi” nomli apokrifik manbada qayd qilinishiga ko'ra, Amos Amasiyaning o‘g‘li tomonidan og‘ir jarohatlanadi va vafot etadi. U o‘z va’zlarida butparastlikni qattiq qoralab, monoteizmni targ‘b qilgan. U hokim va amaldorlar tomonidan sodir etilayotgan nohaqliklar, ayniqsa, sudxo‘rlikni qoralab, mazlumlarni xudo Yaxvening najoti kelgunicha sabr qilishga chaqirardi. Shuningdek, Amos kambag‘al va mazlumlarga nisbatan g‘amxo‘rlik qilishni da’vat qilgan. U insoniylik qurbonlik orqali yaratganga xizmat qilishdanda muhimroq ekanini ta’kidlagan.Uningpand-nasihatlari Bibliya tarkibiga kiritilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 33.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.