Leysin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aminoizokapron kislotadan yoʻnaltirildi)

Leysin (leyko...), aminoizokapron kislota, - monoaminomonokarbon aminokislota (qarang Aminokislotalar); rangsiz kristall modda. Mol.m. 131,18, suyuqlanish temperaturasi 293—295° (parchalanish bilan), sovuq suvda yomon eriydi, 1820-yilda fransuz olimi A.Brakonno muskul toʻqimasidan olgan. Hayvon va oʻsimlik organizmidagi oqsillar tarkibiga kiradi. Odam va hayvon organizmida sintezlanmagani sababli almashtirib bulmaydigan aminokislotalardan biri hisoblanadi. Ovqatda L. boʻlmasa, azot balansi buziladi va yosh bolalar oʻsmay qoladi. Jigar kasalliklari, anemiya, baʼzi psixik kasalliklarni davolashda boshqa aminokislotalar bilan birga ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil