Amerika va Liviya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika va Liviya munosabatlari — Amerika Qoʻshma Shtatlari va Liviya orasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar.

AQSh va Liviya dunyo xaritasida

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshma Shtatlar 1951-yilda Liviya bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan. 1969-yilda Liviya harbiylari qirolni agʻdargan va isyonchilar yetakchisi Muammar Qaddafiy davlat rahbari boʻlgan. 2011-yilda Muammar Qaddafiy oʻz diktaturasiga qarshi qoʻzgʻolonni shafqatsizlarcha bostirishga urindi. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi homiyligida AQSh, Britaniya va Fransiya tinch aholini himoya qilish uchun Liviya hukumatiga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Muammar Qaddafiy mojaro paytida oʻldirilgan.

Leon Edvard Panettaning 2011-yildagi Abdel Rahim al-Qib bilan uchrashuvi

2012-yil 11-sentabrda qurolli ekstremistlar Bingʻozidagi AQSh hukumati ob’yektlariga hujum qilib, to‘rt nafar AQSh fuqarosini, jumladan, elchi Kristofer Stivensni o‘ldirgan. Shunga qaramay, AQShning yuqori darajadagi rasmiylari Liviyada demokratik hukumatni qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Tijorati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neft daromadlari Liviya daromadining asosiy manbai hisoblanadi. 2011-yilda Muammar Qaddafiy tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llagani uchun AQSh unga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. AQSh va BMT sanksiyalarining aksariyati Liviya yangi hukumati iltimosiga ko‘ra olib tashlandi. Shundan soʻng, koʻplab Amerika kompaniyalari, xususan, neft sektori Liviyada oʻz faoliyatini qayta boshladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari ham uzoq tanaffusdan soʻng iqtisodiy aloqalarni qayta tiklash doirasida Liviya bilan savdo va sarmoya shartnomasini imzoladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

http://www.state.gov/r/pa/ei/bgn/5425.htm