Amerika ko'cha maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerikaning Rod-Aylend shtatida joylashgan Providensda Amerika ko'chasidagi 22-uyda Amerika ko'chasi maktabi bor edi.Ushbu maktab 1905-yilda Frederik E. Field loyihasiga asosan qurib bitkazilgan. Ikki qavatli pishgan g‘ishtli inshoot sifatida foydalanilgan. Xususan, 10 ta sinfdan iborat (ya’ni,qavatlarda 5tadan). Mazkur ob’yekt 1955-yilgacha shahr maktabi sifatida , keyinchalik ma’lum muddat xorijiy urushlar faxriylarining mahalliy bo'limi uchun yig'ilish joyi sifatida ishlatilgan. [1]

Mazkur bino 1987 yilda Milliy tarixiy joylar ro‘yhatiga kiritilgan. Mazkur obyekt  1995 yilda Providensni muhofaza qilish jamiyati tomonidan "Eng xavf ostida bo'lgan o'nta mulk" qatoriga qo‘shilgan va 1996 yilda noma’lum sabablarga ko‘ra buzib tashlangan [2]

  • Providens, Rod-Aylenddagi tarixiy joylar ro'yxatining milliy reestri

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „NRHP nomination for America Street School“. Rhode Island Preservation. Qaraldi: 2014-yil 7-oktyabr.
  2. „1995 Ten Most Endangered Properties“. Providence Preservation Society. — „The America Street School was lost in 1996 ... the building was seen as outdated and in a state of ill repair, which ultimately led to its demolition.“. 2014-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-may.