Amerika Qoʻshma Shtatlari Eksport-import banki
Amerika qoʻshma shtatlari eksport-import banki, Eks-imbank (Bank of the United States) — AQShning mamlakat eksport-import operatsiyalarini kreditlash boʻyicha davlat banki. Aksariyat 5 yildan va undan ortiq muddatga kreditlar, kafolatlar beradi. 1934-yilda hukumat tomonidan „Vashing-ton eksport-import banki“ nomi bilan tashqi savdoni moliyalash uchun tashkil etilgan. 1968-yildan hozirginomda. Bank xori-jiy haridorlarga kreditlar va eksport kreditlari boʻyicha kafolatlar beradi, eksport kreditlarini sugʻurtalash, Ame-rikadagi kreditor xususiy banklarning eksport veksellarini hisobga olish va boshqa bilan shugʻullanadi. Sarmoyasi 1 mlrd. dollar. Resurslarning asosiy manbai AQSH pul bozori vositalari va davlat xazina-sining uzoq muddatli qarzlari. Kreditlar va kafolatlarning yillik hajmini AQSH kongressi belgilaydi. Mazkur bank Oʻzbekiston AQShdagi „Keys korpo-reyshn“ kompaniyasidan kredit va moli-yaviy lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi (gʻalla oʻrish kombaynlari, paxta terish mashinalari, haydov traktorlari)ni so-tib olishida xorijiy banklarning kre-ditlarini sugʻurta qoplamasi bilan taʼ-minlashda ishtirok etdi (1997).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |