Amazon Kindle
Amazon Kindle – Amazon kompaniyasi tomonidan elektron kitoblar uchun chiqarilgan moslamalar seiryasidir. Amazon Kindle moslamasi foydalanuvchilarga elektron kitob, gazeta, jurnal, blog va boshqa raqamli media ma’lumotlarini simsiz tarmoq orqali xarid qilish, yuklash, koʻrib chiqsh va oʻqush imkonini beradi.[1]
Amazon.com shoʻba Lab126 kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan apparat platformasi bitta moslama sifatida boshlangan, lekin endi oʻzi ichiga qator modellar: “Kindle”, “Kindle 2”, “Kindle3” (endi “Kindle Keyboard”), “Kindle 4” va “Kindle DX”, “Kindle 4 touch”, “Kindle 5” va “Kindle Paperwhite”, shuningdek, “Kindle for PC”, “Kindle for iPhone”, “Kindle for Mac”, “Kindle for Android” va “Kindle for BlackBerry” ilovalarini oladi.
Kindle moslamalari elektr siyoh (E-Ink) texnologiyasi asosidagi displeyga ega – oxirgi avlod (oltinchi avlod) qogʻozda oʻqish taassuroti yaratish uchun kulrangning 16 gradatsiyasini minimal energiya sarflab qayta ishlaydi. Moslama Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.
Kindle moslamasiga elektron qogʻoz asosdagi boshqa moslamalar: Sony Reader, Barnes & Noble Nook, PocketBook Reader, iRex iLiad va boshqalar raqobatchi hisoblanadi.[2]
Kindle moslamasi mikrodastur ta’minoti ARM platformasi uchun Linux asosga tayanadi.[3]
Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amazon oʻz xohishiga koʻra bevosita Amazonda sotib olingan kitoblarni oʻchirib tashlashi mumkin. Masalan, Jorj Oruelning kompaniyaning tarqatish huquqi boʻlmagan “Molxona” va “1984” romnalari olib tashlangan. (xaridorlarga puli qaytarilgan).[4][5]
Madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stiven Kingning “Ur” hikoyasi sujeti Kindle gadjeti asosiga (Kindle 2 boʻlsa kerak) qurilgan.[6]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Kindle hacking, iPod parallels and a chat with the Kindle director“. blog.seattletimes.nwsource.com. 21-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
- ↑ „7 лучших электронных книг 2021 года“. yavitrina.ru. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Oracle Gave Amazon a Discount on Java to Keep Android Off the Paperwhite – Wait, What?“. the-digital-reader.com. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Магазин Amazon удаленно стер книги Оруэлла с Kindle“. lenta.ru. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Amazon Erases Orwell Books From Kindle“. nytimes.com. Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
- ↑ Feleki D. N. Stephen King in the New Millennium: Gothic Mediations on New Writing Materialities. — Cambridge Scholars Publishing, 2018. — 255 p. — ISBN 978-1-5275-0407-3.