Altai (Qozog‘iston)
![]() | Bu maqola ayni damda Kokandiskiy (munozara) 11:20, 27-Sentyabr 2023 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 08:06, 3-Noyabr 2023 (UTC) (24 kun avval) da tahrir qilingan. |
Altai Altai | |
---|---|
![]() | |
49°44′19″N 84°16′19″E / 49.73861°N 84.27194°E G OKoordinatalari: 49°44′19″N 84°16′19″E / 49.73861°N 84.27194°E G O | |
Mamlakat | Qozog‘iston |
Asos solingan | 1941-yil |
Ilk eslatilishi | 1791-yil |
Avvalgi nomlari | Altai, Altay. |
Qachondan beri | 1941-yildan boshlab shahar maqomiga ega. |
Aholisi (2009-yil) |
39 320 kishi |
Telefon kodi | +7 72335 |
Pochta indeks(lar)i | F42**** |
|
Altai – (qozoqcha: Алтай, ruscha: Алтай) Qozogʻistonning Sharqiy qismida joylashgan ahamiyatiga ega shahar. Altai 2019-yilgacha Zyryan (qozoqcha: Зырян, Zyrian) yoki Zyryanovsk (ruscha: Зыряновск) deb nomlangan. Altai Ziryan tumanining maʼmuriy markazi hisobnadi. Altai shahri 1791-yilda tashkil etilgan va 1941-yilda shahar maqomini olgan. Aholisi: 39320 (2009-yil aholini roʻyxatga olish natijalari). 1999 - yil aholini roʻyxatga olish natijalariga ko`ra Altai shahri aholisi 43.894 kishini tashkil qilgan[1].
Joylashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zyryanovsk Rudniy Oltoyda Berezovka daryosining boʻyida joylashgan. 183 km uzunlikdagi temir yoʻl Zyrianovskni Ust-Kamenogorsk bilan bogʻlaydi. Bundan tashqari, Zyryanovsk orqali Ust-Kamenogorsk – Raxmanovskie Kluchi va Ust-Kamenogorsk – Bolshenarimskoe avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zyrianovsk (Oltoy shahri) shahriga 1791-yilda G. G. Zyrianov tomonidan asos solingan. Ushbu shaharning rivojlanish tarixi kompleks-ruda konini ekspluatatsiya qilish bilan uzviy bogʻliq. Zyrianovskda koʻplab ishlab chiqarish kombinatlari („Kazzink“ boʻlimi) mavjud. Ushbu kombinatlar tarkibi ikkita kondan iborat. Bular: Maleevskiy va Grexovskiy.
Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oltoy shahrida Sharqiy Qozogʻiston davlat texnika universiteti markazi, shuningdek, tibbiyot kolleji, agrar-texnika kolleji, gumanitar kollej, qurilish va transport kolleji va bundan tashqari sanoat kollejlari faoliyat yuritadi. Shaharda 8 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, 3 ta kutubxonasi, maʼdaniyat boʻlimlari, jihozlar va sport saroyi va kerakli uskunalar saqlanuvchi uy mavjud.
Mashhur shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Alfred Koch (1961-yilda tugʻilgan) – rus yozuvchisi, matematik-iqtisodchi va biznesmen.
- Aleksandr Rozenbaum (1951-yilda tugʻilgan) – sovet va rus bardi.