Alrie Meleisea

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alrie Meleisea
Statistikasi
Toʻliq ismi Hanna Gabriels Valle
Vazn toifasi
Vazni 65 – 76 kg
Boʻyi 68 in (175 cm)
Fuqaroligi Yangi Zelandiya
Tavalludi (1983-01-14) 1992-yil 22-noyabrda tugʻilgan (yoshi 30)

Yangi Zelandiyaning Oklend shahri

Boks statistikasi
Umumiy janglari 7
Gʻalaba 5
Nokautlari 0
Magʻlubiyat 1
Durang 1

Alrie Meleisea (1992-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — professional bokschi va MMA jangchisi. Meleisea — sobiq Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasi va UBF Osiyo-Tinch okeani boʻyicha ogʻir vazn toifasi chempioni. Hozirgacha u jahon reytingidagi bokschilar Nailini Helu va Hamilton shahri bokschisi Kirsty Lupeamanu ustidan ikkita gʻalabaga erishdi[1][2].

Meleisea Boxrec reyingi boʻyicha 4-oʻrinni[3], WBC World Rankings reytingida 8-oʻrinni egallagan. Meleiseaning eng yuqori reytingi 2019-yil oktyabr oyida qayd etilgan, u WBA World Rankingsda 3-oʻrinni egalladi[4]. Uning ushbu reyting natijasi 2021-yil sentyabrida faoliyatidagi birinchi magʻlubiyatidan soʻng olib tashlandi.

Professional boksdan oldin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meleisea 1992-yil 22-noyabrda Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida tugʻilgan. U boshidanoq Red Line jangovar akademiyasida Vasko Kovachevich qoʻl ostida mashgʻulot oʻtkazgan. Professional boʻlishdan oldin Meleisea toʻrtta korporativ boks jangini oʻtkazdi va barcha janglarda gʻalaba qozondi[5].

Debyuti (2016-yil)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 28-oktyabr kuni Meleisea Adrian Taihiya Heluga qarshi maydonga tushdi. Dastlab Helu yarim ogʻir vazn toifasidagi NZPBA chempioni unvoni uchun Cheyen Vaanga bilan jang oʻtkazishi rejalashtirilgan edi[6], ammo jarohati tufayli Whaanga jangdan bir hafta oldin qatnashmasligini eʼlon qildi[7]. Meleisea 48 soat ichida Heluga qarshi kurashish ucun mashgʻulotlarni boshladi va uni jangga chaqirdi. Ushbu jangda u hisobdagi farqlar hisobiga gʻalaba qozondi[8].

2016-yil 5-noyabr kuni Meleisea Yangi Zelandiyaning Hamilton shahrida Lupeamanuga qarshi bahs olib bordi. Meleisea Yangi Zelandiya ogʻir vazn toifasi mutaxassislarini hayratda qoldirib, bir ovozlik qaror bilan jangda gʻalaba qozondi[9]. Jangdan toʻrt oy oʻtgach, Lupeamanu oʻsimta tufayli faoliyatini tugatishga majbur boʻlganini eʼlon qildi va bu Meleiseaga qarshi jangini professional boksdagi soʻnggi jangiga aylantirdi[10].

Yangi Zelandiya chempioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 10-martda Meleisea boʻsh boʻlgan NZPBA va vakant UBF Asia Pacific ogʻir vazn toifasi unvonlari uchun Hely bilan jang olib bordi[11][12]. Meleisea faqat ikki hakamning qarori bilan jangda gʻalaba qozondi, biroq tomoshabinlar va ijtimoiy tarmoqlarning munosabati 50/50 boʻldi, baʼzilari buni munozarali qaror deb hisoblashdi[13].

2017-yil 18-avgustda Meleiseaning keyingi raqibi kikbokschi Sara Long ekanligi eʼlon qilindi. Oʻsha paytda Sara Long Kikboksingda toʻqqizta jang va professional boksda toʻrtta jang oʻtkazgandi. Jang dastlab oktyabr oyida boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq Promouter va Longning murabbiyi Terri Tuteruning iltimosi bilan jang qoldirildi[14]. 2017-yilning 6-oktyabrida jang 11-noyabr kuni ABA stadionida boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi[15]. Jangda Long ikkinchi raundda nokdaunga uchradi. Meleisea bir ovozdan qaror bilan Yangi Zelandiya milliy unvonini saqlab qoldi[16][17][18][19].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meleiseaning oyoqlarida Samoa orollari madaniyati merosining bir qismi sifatida Malo deb nomlangan tatuirovka bor. Tatuirovka yoshligida 5 kundan ortiq vaqt ichida boʻlib-boʻlib tushirilgan[5].

Professional boks unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yangi Zelandiya professional boks assotsiatsiyasi
    • Yangi Zelandiya milliy ogʻir vazn toifasida ayollar unvoni (198 Ibs)[20][21]
  • Umumjahon boks federatsiyasi
    • UBF Osiyo Tinch okeani mintaqasi boʻyicha ayollar ogʻir vazn toifasidagi chempionlik unvoni (198 Ibs)[22][23]

Professional boks statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[24]

No. Hisob Raqib Jang yakuni Roundlar soni Sana Joy Natija
7 5-1-1 Yangi Zelandiya Sequita Hemingway Hisobdagi farq 4 10-iyul, 2021 Yangi Zelandiya The Plaza, Putaruru, New Zealand Magʻlubiyat
6 5-0-1 Yangi Zelandiya Ashley Campbell Hisobdagi farq 6 29-noyabr, 2020 Yangi Zelandiya North Shore Events Centre, Auckland, New Zealand Gʻalaba
5 4-0-1 Yangi Zelandiya Sarah Long Hsioblarning teng kelishi 4 28-sentyabr, 2019 Yangi Zelandiya ABA Stadium, Auckland, New Zealand Durang
4 4-0 Yangi Zelandiya Sarah Long Hisobdagi farq 8 11-noyabr, 2017 Yangi Zelandiya ABA Stadium, Auckland, New Zealand Gʻalaba
3 3-0 Tonga Nailini Helu Hisobdagi farq 6 10-mart,2017 Yangi Zelandiya ABA Stadium, Auckland, New Zealand Gʻalaba
2 2-0 Yangi Zelandiya Kirsty Lupeamanu Hisobdagi farq 4 5-noyabr, 2016 Yangi Zelandiya Hamilton Cosmopolitan Club, Hamilton, New Zealand Gʻalaba
1 1-0 Tonga Nailini Helu Hisobdagi farq 3 28-oktyabr, 2016 Yangi Zelandiya ASB Stadium, Kohimarama, New Zealand Gʻalaba

Mukofotlar va eʼtiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gladrap Boxing Awards 2019-yilning eng yaxshi koʻrinishdagi ayol bokschisi (nomzod)
  • Gladrap Boxing Awards 2019-yilning eng yaxshi ayol bokschisi (nomzod)[25]
  • Gladrap Boxing Awards 2019-yilning eng yaxshi bokschisi[26]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Awakening Fighters Profile“. Awakening Fighters. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  2. „Alrie Meleisea Profile“. Women Boxing Records. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  3. „New Zealanders make it into the top 10“. New Zealand Fighter. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  4. „WBA World female rankings“. WBA. Qaraldi: 4-noyabr 2017-yil.
  5. 5,0 5,1 „Post Fight with Alrie Masina after UD victory over Kirsty Lupeamanu“. Gladrap Channell (8-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  6. „Two years in the making, Adrian Taihia, Robert Berridge finally meet for NZ boxing title“. Stuff.co.nz (23-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  7. „Robbie Berridge Decisions Adrian Taihia in Grudge Match“. Boxing Scene (28-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  8. „Berridge defends New Zealand belt with Taihia triumph“. World Boxing News (30-oktabr 2016-yil). 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  9. „Arlie Masina wins second bout“. Womens Boxing News (6-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  10. „'Samoan Sniper' Kirsty Lupeamanu forced to end career“. World Boxing News (29-mart 2017-yil). Qaraldi: 2-aprel 2017-yil.
  11. „Women's Heavyweight Revenge or Repeat“. Womens Boxing News (4-mart 2017-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  12. „New Zealand: Meleisea vs Helu II confirmed“. Women Boxing News (24-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  13. „Alrie Meleisea defeats Nailini Helu at ABA Stadium“. World Boxing News (12-mart 2017-yil). Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  14. „Mandatory Challenger been appoint for New Zealand title“. Women's Boxing (18-avgust 2017-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
  15. „Alrie Meleisea vs. Sarah Long is On“. Women's Boxing (6-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
  16. „New Zealand Heavyweight (NZPBA Version) Champion Alrie Melesiea, defended her title“. Women's Boxing (11-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
  17. „Alrie Melesiea to rematch Sarah Long on June 23“. World Boxing News (6-iyun 2018-yil). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2018-yil.
  18. „Alrie Meleisea postpones June 23 clash due to family death“. World Boxing News (20-iyun 2018-yil). Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.
  19. „Long vs. Meleisea II ends in a DRAW“. Womens Boxing. Qaraldi: 1-oktabr 2019-yil.
  20. „NZPBA Champions“. NZPBA. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  21. „NZPBA Rankings“. NZPBA. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  22. „UBF Asia Pacific Region“. UBF. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  23. „UBF Women's Heavyweight Champions“. UBF. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  24. „Alrie Meleisea“. Boxrec. Qaraldi: 16-mart 2017-yil.
  25. „Gladrap Awards 2019 winners“. Gladrap Channel. 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2020-yil.
  26. „Gladrap Awards 2019“. Gladrap Channel. Qaraldi: 3-yanvar 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]