Kontent qismiga oʻtish

Almashuvchan oʻzaro taʼsir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Almashuvchan oʻzaro taʼsir — ayniy zarralarnit bir-biriga alohida taʼsir koʻrsatishi. Almashuvchan oʻzaro ta'siri zarralarning diskret harakteristikalari (zaryadi, spini, massasi) va toʻlqin funksiyasiga bogʻliq. Koʻpchilik hodisalar (masalan, gomeo-polyar bogʻlanish hosil boʻlishi, kristallarda zonalar hosil boʻlishi va hokazo)ga Almashinuv oʻzaro tasiri sabab boʻladi. Ayniy zarralar tizimida ular oʻrnining juft-juft boʻlib almashinishidan yuzaga keladigan simmetriyani aks ettiruvchi sof kvant effekt; klassik fizikada unga oʻxshash oʻzaro taʼsir yoʻq. Almashinuv oʻzaro tasiri kattaligi, asosan, zarralar toʻlqin funksiyalarining ustma-ust tushish darajasi bilan, yaʼni ularning birgalikda fazoning umumiy qismida boʻlish vaqti bilan belgilanadi, shuning uchun bu zarralar holatlari qancha ke-skin farq qilsa, Almashinuv oʻzaro tasirining oʻrni shun-cha kam boʻladi. Zarralar orasida oʻzaro taʼsir kuchi mavjud boʻlganida Almashinuv oʻzaro tasiri bu 361kuchni oʻzgartiradi. Masalan, atomdagi elektronlarning aynan bir xilligi hisobga olinganda elektronlarning bir-birini itarishi oʻrni kamayadi. Parallel spinli elektronlar itarishish energiyasining effektov kamayishi atomlar, molekulalar va kristallarda muhim oʻrin tutadi. Masalan, u ferromagnetizmni vujudga kelti-radi. Bu effekt vodorod molekulasi N2 dagi gomeopolyar molekulyar bogʻlanishga asos boʻladi.Almashinuv oʻzaro tasiri hissasi tizimning zichligi ortishi bilan kamayadi. Almashinuv oʻzaro tasiri atomning tashqi elektron qobiqlariga eng katta taʼsir koʻrsatadi. Atom yadrosida ham almashuvchan effektlar muhim oʻrin egallaydi. „Almashinuv oʻzaro tasiri“ ibo-rasi zarralarning aynan bir xilligi bilan bogʻliq boʻlmagan, ammo koor-dinatalar almashishini taqozo qiladigan oʻzaro taʼsir (masalan, yadro) kuchlarini belgilashda ham qoʻllanadi.Almashinuv oʻzaro tasiri atom va molekula spektrlari, kimyoviy bogʻlar, ferromagnetizm va boshqalarni tushuntirib beradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil