Amfidiploidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Allotetraploidlardan yoʻnaltirildi)

Amfidiploidlar (yun amphi-yonida, atrofida, diploos — juft va eidos — koʻrinish, tur), allotetraploidlar — turlararo chatishtirish asosida paydo boʻlgan duragaylar xromoso-malarining ikkita diploid toʻplamiga ega boʻlgan organizmlar. A. organizm har bir turdan bittadan diploid xro-mosomalar toʻplamini oladi. Turkumlararo allotetraploidlar — birinchi marta 20-yil boshida G. D. Karpechenko tomonidan turp bilan karamni chatishti-rish orqali olingan. Keyinchalik A. javdar bilan bugʻdoy tritikale, bugʻdoy bilan bugʻdoyiq — bugʻdoy-bugʻdoyiq dura-gaylari olingan. A. dastlabki turlarning belgilarini mujassamlashtirgan boʻladi. Masalan, turp bilan karam duragayi rafanobrassika mevasi qoʻzogʻining bir qismi turp, ikkinchi qismi esa karam qoʻzogʻiga oʻxshash boʻladi. B. L. Astaurov ipak qurtlarining ikkita turi (Bombyx mori va V. mandarina)ni chatishtirish orqali A.ni olish mumkinligini is-botlaydi. A.ning har bir xromosomasi oʻzining gomologiga ega boʻlishi, meyozda jinsiy hujayralarning vujudga keli-shi normal kechishi tufayli A. organizmlar serpusht boʻladi. A. tabiiy va sunʼiy yoʻllar: urugʻlangan tuxumhujayradagi yoki birinchi avlod (F,) duragaylarining yosh murtagi xromosomalari sonini ikki hissa orttirish; ikkinchi avlodda (F2) amfidiploidlikka olib keluvchi reduk-siyalanmagan gametalarni duragaylar bi-rinchi avlodida (Gʻ,) hosil qilish; auto-tetraploid formalarni chatishtirish va diploid gametalarni qoʻshish; Gʻ, duragayning arxesporiy toʻqimasida xromosomalar sonini ikki hissa koʻpaytirish va boshqa natijasida olinadi. Tabiiy sharoitda A. boʻlinayotgan hujayra xromosomalarining qutblarga ajralish mexaniz-miga turli omillar (haddan tashqari yuqori yoki past harorat, toʻqimaning mexanik yoki kimyoviy shikastlanishi) taʼsirida vujudga keladi. Hujayra boʻlinishidagi buzilishlar boʻlinish urchigʻi funksiya-sining toʻxtashiga sabab boʻladi va nati-jada xromosomalarning qutblarga ajra-lishi, yaʼni navbatdagi sitokinez sodir boʻlmaydi. Seleksiyada A.dan turlararo dura-457gaylar pushtsizligini bartaraf etishda foydalaniladi. A. tur hosil boʻlish jarayonida muhim ahamiyatga ega, ulardan qadimgi turlarni tiklash (resintez) maqsadida foydalanish mumkin. Mas, yov-voyi olcha (Prunus divarica va R. spinosa)ni chatishtirish orqali ekiladigan olxoʻri (P. domestica)ning olinishi olxoʻrini turlararo duragaylash natijasida kelib chiqqanligini koʻrsatadi. Sayfillo Toʻychiyev.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil