Kontent qismiga oʻtish

All in a Nutshell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
All in a Nutshell
Rejissyor(lar) Jack Hannah
Prodyuser(lar) Walt Disney
Hikoya Bill Berg
Nick George
Rollarda Clarence Nash
Dessie Flynn
Jimmy MacDonald
Bastakor(lar) Oliver Wallace
Animator(lar) Bill Justice
Judge Whitaker
Bob Carlson
Jack Boyd
Studiya(lar) Walt Disney Productions
Distribyutor RKO Radio Pictures
Chiqarilgan sanasi 1949-yil 2-sentyabr
Davomiyligi 6:50 minut
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha

All in a Nutshell - Donald Duck tomonidan yaratilgan qisqa metrajli animatsion film[1]. Walt Disney Productions tomonidan suratga olingan. Dastlab, 1949-yilda RKO Radio Pictures tomonidan Technicolorda chiqarilgan[2].

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qisqa qilib aytganda, Donald Duck yoʻl boʻyida joyashgan ulkan yongʻoq shaklidagi uy va „Donʼs Nut Butter“ deb nomlangan yongʻoq sariyogʻining yagona egasidir. Donaldning sariyogʻlari ham haqiqiy koʻrinadigan ulkan yongʻoq shaklida qilib ishlangan. Donald har bir kunini yongʻoqni qobiqdan ajratib olish va bir chelak yongʻoqni sariyogʻ tayyorlash uskunasiga solish bilan boshlaydi. Sariyogʻ tayyorlaydigan mashinani ishga tushiradi va bunker ostidan oʻtayotgan yongʻoqlar bankalarni toʻldiriladi. Eng soʻngida Donald bankalarni yorliqlab, qopqogʻini yopadi va ularni javonlarga qoʻyib, „Bular issiq shirinlik kabi tez sotiladi“, deb oʻziga-oʻzi izoh berib qoʻyadi. Shu orada Donald mashinasida yongʻoqlar tugaganini koʻradi va koʻproq yigʻish uchun bogʻga chiqib ketadi.

Donald orqa eshikdan chiqayotib , Chip va Dalening qish mavsumi uchun yongʻoq yigʻish maqsadida kelayotganini payqab qoladi va ular yongʻoq saqlayotgan daraxtning qaysi ekanligi bilish maqsadida kuzatib turadi. Soʻng, daraxtda kimdir bor-yoʻqligini bilish uchun taqillatadi. Hech qanday javob boʻlmagach, katta teshik ochib, chelakni toʻldirib oladi va keyingi yogʻ ishlab chiqish jarayonini qayta boshlash uchun xursandchilik bilan oʻz uyiga qaytib keladi. Donald uyga ketayotganda yongʻoqlarning bir nechtasi toʻkilib qoladi. Chip va Dale yongʻoqlari nima sababdan yer boʻylab sochilib ketganini bilish uchun ularning izidan yurishadi va Donaldning ulkan yongʻoq shaklidadi uyini koʻrib qolishadi. Dastlab, Chip va Dale uyni haqiqiy yongʻoq deb oʻylashadi va hayajondan hushlarini yoʻqotadilar. Shundan soʻng, oʻzlariga kelgach, ulkan yongʻoqning magʻzini olish uchun turli yoʻllarni izlashadi. Nihoyat, Dale yongʻoqning tepa qismiga tosh otadi va tosh baland ovoz chiqaradi. Ovoz Donaldning sergaklanishiga sabab boʻladi.

Tosh ish bermagach, Chip va Dale yongʻoqning tepasiga chiqmoqchi boʻlishadi va moʻriga koʻzlari tushadi. Moʻridan pastga qarab, Donaldning ish jarayonini kuzatib turishadi. Jarayon ularga maqul boʻlgach, Donaldga sezdirmasdan pastga tushishadi va sariyogʻdan namuna olishadi. Shu paytda Chip va Dale javondagi oʻzlarining yongʻoqlarini koʻrib qoladilar va nima sababdan yongʻoqlari kamayib qolganini anglaydilar. Chip va Dale Donalddan oʻch olmoqchi boʻladilar va javon tepasidan bankalarni uning boshiga tashlab yuboradilar. Natijada, Donald hushini yoʻqotadi.

Shundan soʻng, Chip va Dale vaziyatdan foydalangan holda Donaldni asirga olishadi. Donald uygʻonganda, oʻzini Chip va Dalening daraxti ichida, qoʻllari bogʻliq holda ekanligini koʻradi. Qoʻshimchasiga Donaldning barcha asbob-uskunalarini olib kelib, ulardan Chip va Dale sariyogʻ tayyorlashda foydalanayotgan boʻlishadi. Bu holatni koʻrib, Donald gʻazablanadi ammo qoʻllari bog'liqligi sababli hech ish qila olmaydi. Chip va Dale Donaldni eski yongʻoq daraxti yoniga olib borishadi va zambarakka oʻqlab, daryoga otib yuborishadi. Donaldni daryoga tushguncha kuzatib turadilar. Soʻng, Chip va Dale yongʻoq poʻstidan yasalgan dubulgʻalarini yechib, gʻalabani nishonlaydilar.

Ovoz rejissyorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Donald Duck: Clarence Nash
  • Chip: Jimmy MacDonald
  • Dale: Dessie Flynn

Ommaviy axborot vositalarida chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qisqa metrajli film 2007-yil 11-dekabrda Walt Disney Treasures: The Chronological Donald, III jild: 1947-1950- da chiqarilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Maltin, Leonard. The Disney Films, 2nd, Crown Publishers, 1984 — 312 bet. ISBN 0-517-55407-0. 2020-yil 15-fevralda qaraldi. 
  2. Lenburg, Jeff. The Encyclopedia of Animated Cartoons. Checkmark Books, 1999 — 74–76 bet. ISBN 0-8160-3831-7. 2020-yil 6-iyunda qaraldi. 
  3. „The Chronological Donald Volume 3 DVD Review“. DVD Dizzy. Qaraldi: 2021-yil 13-fevral.