Aljamain Antoine Sterling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aljameyn Antuan Sterling (inglizcha: Aljamain Antoine Sterling) 1989-yil 31-iyulda Nyu-Yorkning Long-Aylend provinsiyasida tavallud topgan. Aljameyn Antuan Sterling amerikalik aralash yakkakurash boʻyicha sportchi. U 2011-yildan buyon professional tarzda sport musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. 2021-yil 7-martdan beri u yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni hisoblanadi. U ushbu tashkilot tarixida raqibining diskvalifikatsiyasi tufayli chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan birinchi jangchi hisoblanadi[1]. Vazn toifasidan qatʼi nazar, Aljameyn Sterling eng yaxshi jangchilar orasida rasmiy UFC reytingida 7-oʻrinni egallab turibdi (inglizcha: pound-for-pound)[2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aljameyn Sterling 1989-yil 31-iyulda Nyu-Yorkning Uniondeyl shahrida tugʻilgan.

Mahalliy oʻrta maktabda oʻqiyotganda u kurash bilan shugʻullana boshlagan. Keyin universitetda kurashni davom ettirib, bir necha bor talabalar musobaqalarida qatnashgan. Xususan, ikki marta Atletika assotsiatsiyasi Milliy kollejining uchinchi divizionida Butunamerikalik sportchi maqomini oldi.

U kollejda bir kurash jamoasida boʻlgan Jon Jons bilan uchrashgandan soʻng aralash jang sanʼatlariga qiziqa boshlagan[3]. 2009-yildan beri u MMAda havaskor sportchi sifatida ishtirok etib, oltita jangda gʻalaba qozongan va bitta magʻlubiyatga uchragan. U Serra-Longo Fight Team sport zalida mashhur jangchi Mett Serra rahbarligida shugʻullangan, keyinchalik u braziliyalik jiu-jitsu boʻyicha qora kamar sohibiga aylangan[4].

Professional karerasining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2011-yil aprel oyida professional MMAda debyut qildi va raqibini magʻlub qilgan. Oʻsha yili u Klaudio Ledesmani magʻlubiyatga uchratib, „Ring of Combat“ unvonini qoʻlga kiritdi va Cage Fury Fighting Championships promoushiniga qoʻshildi va u yerda jami beshta gʻalaba qozondi. Jumladan, chempionlik kamarini uch marta qoʻlga kiritgan va himoya qilgan.

Ultimate Fighting Championship[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birorta magʻlubiyatsiz sakkizta gʻalabaga erishgan Sterling jahonning eng yirik jangovar tashkiloti — Ultimate Fighting Championship eʼtiborini tortgan va 2014-yilda u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. U oʻsha yili UFC oktagonida debyut qilgan, oʻsha yangi kelgan Kodi Gibson ustidan gʻalaba qozongan. Soʻngra Ugo Viana ustidan texnik nokaut bilan gʻalaba qozongan.

2021-yil 7-mart kuni Aljameyn Antuan Sterling Petr Yan bilan UFC 259 musobaqasida yengil vazn toifasida UFC chempioni unvoni uchun jangda uchrashdi. Jangda Petr Yan tomonidan taʼqiqlangan zarba yoʻllashi, uni diskvalifikatsiya qilinishiga asos boʻldi va Aljameyn Antuan Sterling shu orqali gʻalaba qozondi[5]. Koʻplab UFC muxlislari va bir qator jurnalistlar, ekspertlar, shuningdek, hozirgi va sobiq UFC jangchilarining fikriga koʻra, Sterling oʻzini jarohatlangandek koʻrsatib, noqonuniy gʻalaba qozonde deb hisoblashishadi[6][7].

UFC 267 musobaqasida u Petr Yan bilan revansh jangini oʻtkazishi kerak boʻlgan. Ammo amerikalik sportchi Aljameyn Sterling boʻynidagi jarohat tufayli rossiyalik Petr Yan bilan ikkinchi jangni oʻtkazishdan bosh tortgan[8].

2022-yilning 6-yanvarida Aljameyn Antuan Sterling 2022-yil 5-mart kuni Las-Vegasdagi UFC 272 musobaqasida Petr Yan bilan ogʻir vazn toifasida UFC chempionligi uchun revansh jangi boʻlib oʻtishini maʼlum qilgan[9][10][11]. Keyinchalik, 2022-yilning 11-yanvarida jang aprelga koʻchirilishi maʼlum boʻlgan[12]. 2022-yilning 12-yanvarida jang UFC 273 da asosiy tarkibda boʻlishi xabar qilingan[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Стерлинг стал первым чемпионом UFC, выигравшим титул из-за дисквалификации соперника“ (ru). RT на русском. Qaraldi: 2021-yil 7-mart.
  2. „UFC Fighter Rankings“ (en). ufc.com. 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  3. Mark Daniels. „Aljamain Sterling on a similar path to success as mentor UFC Champ Jon Jones“. MMAdiehards.com (2011-yil 22-iyun). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-iyul.
  4. Amy Kaplan. „Aljamain Sterling earns Brazilian Jiu-Jitsu black belt“. fansided.com (2019-yil 4-avgust). 2020-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  5. Mike Bohn. „Petr Yan vs. Aljamain Sterling bantamweight title fight set for UFC 256“ (ru). mmajunkie.com. 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  6. „"Позорная кража пояса": реакция соцсетей на скандал с россиянином в UFC“ (ru). РИА Новости Спорт (7-mart). 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  7. Александр Фролов. „Стерлинг — главный симулянт 2021 года? Его обман лишил Петра Яна чемпионского пояса“ (ru). www.championat.com. 2022-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  8. Виталий Весёлый. „«Я не травмирован». Стерлинг объяснил, почему отказался проводить реванш с Яном“. www.championat.com. 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  9. Георгий Сосно. „Пётр Ян подписал контракт с UFC на 6 поединков. Титульный бой состоится 5 марта“ (ru). www.championat.com. 2022-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  10. Максим Лесовой. „Стала известна дата и место второго боя Петра Яна и Алджэмейна Стерлинга“ (ru). www.championat.com. 2022-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  11. Adam Guillen Jr. „Sterling vs. Yan 2 Set For UFC 272 Co-Main Event“ (en). MMAmania.com (2022-yil 5-yanvar). 2022-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  12. Антон Мозговой. „Стерлинг подтвердил перенос боя с Яном“ (ru). www.championat.com. 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  13. Максим Лесовой. „Ян выступит на UFC 273. Турнир возглавит бой Волкановски и Корейского Зомби“ (ru). www.championat.com. 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.