Alizarin boʻyoqlar
Qiyofa
Alizarin boʻyoqlar — alizarin va boshqa poligidrooksiantraxinonlar hosilalari. Ularning koʻpchiligi alizaringa nitrat kislota, sulfat kislota va boshqa reaktivlar taʼsir ettirib olinadi. Gazlamalarni qizil, binafsha va pushti ranglarga boʻyashda foydalaniladi. Koʻp valentli metallarning rangli tuzlari holida suvda erimaydigan juda mustahkam lok olishda ham ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |