Alisa (ovoz yordamchisi)
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alisa oʻz raqobatchilari: Siri, Google Assistant, Amazon Alexa, Cortanaga qaraganda kechroq 2016-yilda ishlab chiqila boshlandi. Rasman 2017-yil 10-oktabr sanasida eʼlon qilindi: Yandexning Android va IOS uchun ishlab chiqilgan qidiruv tizimlarida hamda sinov talqinida Microsoft Windowsda ishlay boshladi.
2018-yil holatiga koʻra Alisa Rosiyadagi smartfonlarning 53%da hamda 20 mlndan ortiq avtomobillarda oʻrnatilgan[1]

„Alisa“ning shakllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Guriyev boshchiligidagi jamoaning „Alisa“ning shakllanishidagi oʻrni beqiyos hisoblanadi. Alisaning ovozi dublyaj aktrisasi Tatyana Shitova'ga tegishli. Bundan avval u OS1 operatsion tizimi obrazi uchun ovoz bergan edi.
Ovoz yordamchisi uchun ism tanlash bir necha bosqichda amalga oshirildi. Misol uchun bolalar talaffuz qilishi qiyin boʻlgan „R“ boʻlmasligi kerak edi.
Texnologiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alisa Yandexning bir nechta dasturlariga biriktirilgan boʻlib, bular: qidiruv dasturi, Yandex Navigator va Yandex Browserning mobil hamda desktop talqinlari.
Asisstent bilan aloqa ovoz yoki klaviatura orqali amalga oshiriladi. Alisa javobni muloqot oynasida koʻrsatishi yoki kerakli havolani, dasturni ochib beradi. Bundan tashqari musiqani yoqish, uygʻotgich hamda taymer oʻrnatishi, har-hil oʻyinlar oʻynashi mumkin.
Alisa bugungi kunda faqat Rus tilini tushunadi. Uning Turk tilidagi talqini Yandex Navigatordagina mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Владимир Квасников. „«Яндекс» сделает голосовой помощник «Алиса» доступным в разных браузерах“. РБК (2018-yil 18-iyul). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.