Kontent qismiga oʻtish

Alin (reabilitatsiya markazi)

Koordinatalari: 31°46′7.3″N 35°10′7.3″E / 31.768694°N 35.168694°E / 31.768694; 35.168694
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alin (reabilitatsiya markazi)
Joylashuv Isroil Quddus
Ochilish sanasi 1932-yil
Vebsayt http://www.alyn.org
Xarita
Koordinatalari 31°46′7.3″N 35°10′7.3″E / 31.768694°N 35.168694°E / 31.768694; 35.168694

Alin  (reabilitatsiya markazi)Isroilning Quddus shahrida joylashgan bolalar va oʻsmirlar uchun reabilitatsiya markazi. Isroilning eng qadimiy shifoxonalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu noyob muassasa Quddusning Kiryat Yuvel tumanida joylashgan. Bugungi kunda bu muassasaga dunyoning turli joylaridan bemorlar hamda sayyohlar tashrif buyurishmoqda.

Ushbu shifoxonada turli jarohatlar, kuyishlar, teraktlar va boshqa sabablarga koʻra nogiron boʻlib qolgan bolalar reabilitatsiya qilinadi. Noxush hodisaga uchragan bolalar reabilitatsiya markaziga olib kelingach ular bilan maxsus shifokorlar shugʻullanishadi[1].

Shifoxona xodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shifoxona xodimlar tarkibiga shifokorlar, hamshiralar, psixologlar, kichik va oʻrts tibbiyot xodimlari kiradi.

Shifoxona tarkibida 6 oylikdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun maxsus kunduzgi maktabgacha taʼlim markazi, bolalar bogʻchalari, maktabdan keyingi integratsiya dasturlari va maktab sinf xonalari mavjud.

Shifoxonaga 1932-yilda AQShda tugʻilgan ortoped G. Keller tomonidan asos solingan.

1971-yilda Malkolm va Doroti Woldenbergning xayriya pullari evaziga yangi bino qurilib foydalanishga topshirilgan[2].

Moliyalashtirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yildan beri har yili, "Mehr gʻildiraklari" deb nomlangan xayriya velopoygasi oʻtkaziladi. Ushbu aksiya davomida markazda bolalar uchun pul yigʻish ishlari olib boriladi. Veolpoygada marafon uzunligi 480 km boʻlib, 5 kun davomida oʻtkaziladi. Marafon turli yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Xususan: Off-Road, On-Road, On-Road Challenge va Touring shular jumlasidandur. Bu Isroildagi eng yirik xayriya sport tadbirlaridan biri hisoblanadi[3].