Alexis Gray-Lawson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexis Gray-Lawson
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 21-aprel 1987-yil (1987-04-21) (36 yosh)
Oakland, California
Millati Amerikalik
Boʻyi 5 ft 8 in (1.73 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Oakland Tech (Oakland, Kaliforniya)
Kollej Kaliforniya (2005-2010)
WNBA drafti 2010 / Tur: 3 / Tanlash: 30- overall
Washington Mystics tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2011-2012
Pozitsiyasi Himoyachi
Raqami 21
Murabbiylik faoliyati 2015-hozirgacha
Statistikalar WNBA.com saytida
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Alexis Amber Gray-Lawson (1987-yil 21-aprelda tugʻilgan) — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining Pheonix Mercury jamoasida oʻynagan basketbolchi.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gray-Lawson 1987-yil 21-aprelda[1] Kaliforniyaning Oklend shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Orlando Grey va Roslin Lousondir. Uning sakkiz aka-ukasi, Kameron, Keniya, Lace, Violet, Vanessa, Kevin, Uilyam va Kenni bor.

Oliy maktab faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gray-Lawson butun oʻrta maktab faoliyati davomida Oakland Tech chempionatlarida qatnashgan va 2005-yilda ikkinchi jamoa Parade All-Amerika va Butun shtat faxriy unvonlarini qoʻlga kiritgan.[2] U Kaliforniyadagi jamoadoshi Devaney Xempton bilan Oakland Tech jamoasini ham ikkinchi shtat unvoniga qadar yetib kelishiga yordam bergan. U Blue Star indeksi boʻyicha milliy miqyosda 17-oʻrinni va Mayk Uaytning „Yulduzli qizlar“ hisobotida 25-oʻrinni egallagan. NorCal Scouting Report tomonidan u 5-oʻrinni egalladi. U 2005-yilgi McDonald’s All-American oʻyinida va 2005-yilgi „Senior Slam All-Star“ oʻyinida Miss Bassketball nomini olgan.

Kollej jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gray-Lawson Berklidagi Kaliforniya universitetida jami besh yil umrini oʻtkazdi. Ikkinchi kurs talabasi sifatida u mavsum yakunida jarohat olishdan oldin atigi toʻqqizta oʻyin oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. Gray-Lawson 2009 va 2010-yillarda All-Pac-10 birinchi jamoasi, 2010-yilda All-Pac-10 birinchi jamoasi, 2008-yilda ikkinchi jamoa All-Pac-10, 2006-yilda All-Pac-10 birinchi jamoalari safida oʻynagan. U Kaliforniyadagi Wjite Bears jamoasida uch ochko toʻplash boʻyicha yetakchilik qilgan. ESPN.com tomonidan 2008—2009-yillardagi ayollar basketboli mavsumoldi reytingida mamlakatdagi eng yaxshi beshlikdan joy olgan.[3]

Kaliforniya statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2005—2006 Kaliforniya 30 438 41.9 38.9 62,0 3.9 2.7 1.4 0.1 14.6
2006—2007 Kaliforniya 9 95 44.7 26.1 75,0 2.9 3.1 1.7 - 10.6
2007—2008 Kaliforniya 34 392 40.9 40,0 67.8 3.8 2.4 1.4 0.1 11.5
2008—2009 Kaliforniya 34 415 42.8 38,0 75.8 3.8 3.0 1.3 0.1 12.2
2009—2010 Kaliforniya 36 640 39.9 31.8 72.5 5.1 1.8 1.2 0.1 17.8
Karyera Kaliforniya 143 1980 41.3 36.1 70.1 4.1 2.5 1.3 0.1 13.8

AQSHdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gray-Lawson 2009-yilda Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan Jahon universitetlari oʻrtasidagi chempionatda AQSH sharafini himoya qilish uchun jamoaga tanlangan. Jamoa oltin medalni qoʻlga kiritish uchun yettita oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi. Gray-Lawson har bir oʻyinda oʻrtacha 7,9 ochko va 4,3 ribaund toʻpladi.

WNBAdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gray-Lawson 2010-yilgi WNBA draftining uchinchi bosqichida (umumiy 30-chi) Vashington Mystics jamoasi tomonidan jamoa safiga tanlangan.[4] Pheonix Mercury jamoasi Gray-Lawson bilan amaliyot shartnomasini imzoladi. U Mercury jamoasi bilan 27 oʻyinda oʻynadi va 2011-yil 24-iyunda Atlantada oʻzining WNBAdagi faoliyatidagi birinchi ochkolarini qoʻlga kiritdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gray-Lawson 2010—2011-yilgi mavsumda Turkiya ayollar ligasida Samsun jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Chet eldagi ikkinchi yili va WNBA bilan yangi mavsumdan soʻng, u 2011—2012-yillarda HR Le-Zion jamoasi bilan Isroilda oʻynadi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda u Como Park Girls Basketball jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2020-yildagi Sent-Jozef Notre-Dame oʻrta maktabida yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Frances Pomeroy Naismith“. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-iyun.
  2. „TWENTY-FIFTH WORLD UNIVERSITY GAMES -- 2009“. USA Basketball. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-oktyabr.
  3. „Women's Basketball Player stats“. NCAA. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  4. http://www.wnba.com draft2010/draft_board.html 2010 WNBA Draft board