Alexander Heid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander Heid
Tavalludi
Kasbi SecurityScorecard axborot xavfsizligi firmasida bosh tadqiqotchi

Alexander Heid – amerikalik kompyuter xavfsizligi boʻyicha maslahatchi, White hat guruhi rahbari.

Heid Janubiy Floridadagi xakerlar konferensiyasi va HackMiami nomi bilan tanilgan xakerlar guruhining asoschilaridan biri[1] va hozirda Nyu-Yorkdagi SecurityScorecard axborot xavfsizligi firmasining bosh tadqiqotchisi[2].

Bolaligi va taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alexander Heid Florida shtatining Mayami shahrida tugʻilib oʻsgan va Barbara Goleman nomli maktabda oʻqigan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alexander Heid hozirda Nyu-Yorkdagi SecurityScorecard axborot xavfsizligi firmasida bosh tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritadi. Heid kompaniyaga 2014-yilda qoʻshilgan. Bevosita Aleksandr Yampolskiy va Sam Kassoumeh bilan kibertahdid razvedkasi va uch tomonlama boshqaruv aspektlarini rivojlantiruvchi signallarni yigʻish metodologiyalarini ishlab chiqish uchun ishlagan.

Heid Equifax maʼlumotlarining buzilishida Apache Struts 2dagi kamchilikni aniqlagan ilk tadqiqotchilardan biri sifatida tan olingan[4][5].

SecurityScorecard’dan oldin Heid Prolexic’da tahdid razvedkasi boshligʻi boʻlgan. Heid hakerning botnet boshqaruv serverlaridagi zaifliklarni aniqlash orqali DDoS kampaniyalariga qarshi hujum va zararsizlantirish metodologiyasini ishlab chiqdi[6].

Prolexicdagi faoliyati davomida Heid moliyaviy sektorga qaratilgan Ababil operatsiyasidan himyalanish va taʼsirini tumshatish bilan shugʻullangan[7][8].

Bundan tashqari Heid bank sohasidagi veb-ilovalar zaifligini tahlil qilish va botnet kiber tahdidlar boʻyicha razvedka yoʻnalishida mutaxassis hisoblanadi. Heid konferensiyalarda koʻplab taqdimotlar oʻtkazgan[9][10].

Heid shuningdek 2013-yildagi kriptovalyuta tahdidi boʻyicha razvedka hisobotining muallifi boʻlib, hisobot „Kriptovalyuta bozori tahlili“ blokcheyn texnologiyalari bilan bogʻliq zararli dasturlar xavfi haqida edi. BlockchainLibrary tomonidan eng yaxshi 1000 ta „Eng koʻp tilga olingan blokcheyn nashrlari“ roʻyxatiga kiritilgan[11][12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]