Alessandro Confente

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alessandro Confente
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-iyun 1998-yil (1998-06-07) (25 yosh)
Tavallud joyi Soave, Italiya
Boʻyi 1.94 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vicenza
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2012 Sambonifacese
2012—2017 Chievo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2021 Chievo 0 (0)
2018—2019Reggina (ijara) 31 (0)
2019—2020Robur Siena (ijara) 27 (0)
2020—2021Catania (ijara) 19 (0)
2021— Vicenza 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016—2017

Italiyaning 19 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 24-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 18-yanvar uchun)

Alessandro Confente (talaffuzi:  Alessandro Konfente) (1998-yil 7-iyunda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi. Alessandro Confente „Vicenza“ klubi uchun oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

ChievoVerona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alessandro Confente 2012-yilda „Chievo“ klubi safiga kelib qoʻshilgan va klubning 19 yoshgacha boʻlganlar oʻsmirlar jamoasida oʻynagan[1]. 2015—2016-yilgi mavsumning oxiridan boshlab Alessandro Confente kattalar jamoasi uchun ikkinchi yoki uchinchi darvozabonga aylandi. Shundan soʻng Alessandro Confente A Seriyaning aksariyat oʻyinlarida zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushdi.Ammo 2015-2016, 2016-2017 va 2017—2018-yilgi mavsumlarda asosiy jamoa safida maydonga tushmadi. Chunki bu mavsumlarda klub sharafini darvozabonlar Albano Bizzarri va undan keyin Stefano Sorrentino himoya qilgan edi[2][3].

Reggina (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 9-iyulida Alessandro Confente C Seriya vakili „Reggina“ klubiga mavsumiy ijara asosida qo‘shildi[4]. Alessandro Confente „Reggina“ klubi uchun C Seriyadagi debyutini 2018-yilning 18-sentyabrida „Trapani“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5]. Toʻrt kundan soʻng, 22-sentyabr kuni Alessandro Confente oʻz uyida „Bisceglie“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0) „Reggina“ klubi uchun oʻzining birinchi darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[6]. Alessandro Confente mavsum boshida „Reggina“ klubi uchun asosiy darvozabon oʻrnini saqlab qolishda davom etdi. 15-oktyabrda Alessandro Confente oʻz uyida „Siracusa“ klubiga qarshi oʻyinda (1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda) ikkinchi marta oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[7][8]. Alessandro Confente klubga pley-offga chiqishga yordam berdi, ammo „Reggina“ klubi ikkinchi turda „Catania“ klubiga qarshi oʻyinda 4:1 hisobida magʻlub boʻldi[9]. Alessandro Confente „Reggina“ klubidagi mavsumiy ijarasini 33 ta oʻyinda maydonga tushgan holda yakunladi[10].

Robur Siena (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 16-iyulida Alessandro Confente C Seriya vakili „Robur Siena“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi[11]. 4-avgust kuni Alessandro Confente Italiya Kubogining birinchi turi doirasida oʻtkazilgan „Mantova“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi[12]. Alessandro Confente mavsum boshida „Robur Siena“ klubining birinchi raqamli darvozaboniga aylandi. 15-sentyabr kuni Alessandro Confente „Lecco“ klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[13]. Bir oy oʻtib, 25 sentyabr kuni Alessandro Confente „Monza“ klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonganilgan oʻyinda ikkinchi marta oʻz darvozasini daxlsiz qoldirdi va yana ikki hafta oʻtgach, uchinchi oʻyinda 1:0 hisobida „AlbinoLeffe“ klubi ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻzining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi[14][15]. Alessandro Confente „Robur Siena“ klubi 29 ta oʻyinda maydonga tushdi[10].

Catania (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 5-oktyabrda Alessandro Confente mavsum uchun ijara asosida „Catania“ klubiga o‘tdi[16]. 29-noyabr kuni Alessandro Confente klub uchun ligadagi debyut oʻyinini mehmonda „Avellino“ klubi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazdi[17]. Uch kundan soʻng, 2-dekabr kuni Alessandro Confente oʻz uyida „Bisceglie“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) klub safida oʻzining birinchi darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi[18]. 2021-yilning mart oyida Alessandro ConfenteK onfentechap tizzasida menisk jarohati nioldi va u mavsumning qolgan qismida maydonga tushmadi.[19]. Alessandro Confente mavsumiy ijarasini 19 ta o‘yinning 5 tasida maydonga tushgan holda yakunladi[10].

Vicenza[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-avgust kuni Alessandro Confente 2 yillik shartnoma bilan „Vicenza“ klubiga oʻtdi[20].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alessandro Confente 2016 va 2017-yillarda ikki marta 19 yoshgacha boʻlgan Italiya terma jamoasiga chaqirilgan[21].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Liga Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni
Reggina (ijara) 2018—2019 C seriya 31 0 0 0 2 0 33 0
Robur Siena (ijara) 2019—2020 C seriya 27 0 1 0 1 0 29 0
Catania (ijara) 2020—2021 C seriya 19 0 0 0 19 0
Umumiy 77 0 1 0 3 0 81 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Profile by TuttoCalciatori“ (Italian). TuttoCalciatori. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  2. „Atalanta - Chievo game report“. ESPN (2016-yil 24-aprel).
  3. „Napoli - Chievo game report“. Sky Sports (2018-yil 8-aprel).
  4. „Confente e Pogliano in prestito dal Chievo Verona“ (Italian). Reggina (2018-yil 9-iyul). 2018-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  5. „Game Report by Soccerway“. Soccerway (2018-yil 18-sentyabr).
  6. „Reggina vs. Bisceglie - 22 September 2018 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  7. „Reggina vs. Siracusa - 15 October 2018 - Soccerway“ (en). uk.soccerway.com. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  8. „Casertana vs. Reggina - 16 December 2018 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 1-yanvar.
  9. „Catania vs. Reggina - 15 May 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Italy - A. Confente - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  11. „UFFICIALE - Siena, due volti nuovi dal Chievo: Confente e Andreoli“ (it). www.tuttoc.com. Qaraldi: 2019-yil 17-iyul.
  12. „Robur Siena vs. Mantova - 4 August 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 5-avgust.
  13. „Lecco vs. Robur Siena - 15 September 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  14. „Monza vs. Robur Siena - 25 September 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.
  15. „AlbinoLeffe vs. Robur Siena - 6 October 2019 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.
  16. „Alessandro Confente dall'A.C. ChievoVerona al Catania, a titolo temporaneo“ (Italian). Catania (2020-yil 5-oktyabr). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  17. „Avellino vs. Catania - 29 November 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  18. „Catania vs. Bisceglie - 2 December 2020 - Soccerway“. uk.soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 19-dekabr.
  19. Cigalini. „Il Catania perde Confente“ (it-IT). lasiciliaweb (2021-yil 25-mart). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  20. „Alessandro Confente in biancorosso!“ (it). Vicenza (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 16-avgust.
  21. „National team player profile“ (Italian). Italian Football Federation. Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.