Aleksandriya mayogʻi
Iskandariya mayogʻi | |
---|---|
Aleksandriya mayogʻi | |
Eski nomlari | Faros mayogʻi |
Umumiy maʼlumot | |
Manzili | Oʻrta yer dengizi, Faro oroli |
Qurilishi boshlangan | miloddan avvalgi 280-yil |
Qurilishi tugagan | miloddan avvalgi 247-yil |
Buzilgan sana | deyarli 1480-yilga qadar saqlangan |
Balandligi | |
Balandligi | 140 m |
Boshqa oʻlchamlari | tomonlari 30 metrli, 60 metr balandlikda toʻrtburchak tosh asosga ega |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | muammoli |
Aleksandriya mayogʻi |
Iskandariya dengiz mayogʻi yoki Iskandariya Farosi (/ˈfɛərɒs/; qadimgi yunoncha: ὁ άροs tῆs Ἀλεξανδρείαs), Qadimgi Misr podsholigi, Ptolemey II Filadelf davrida (miloddan avvalgi 280—247-yillar) qurilgan[1]. Uning umumiy balandligi kamida 140 metr (330 fut) boʻlganligi taxmin qilinadi. Mayoq qadimgi Dunyoning yetti moʻjizasidan biri, u koʻp asrlar davomida dunyodagi eng baland inshootlardan boʻlib kelgan. Mayoq milodiy 956—1323-yillar oraligʻida uch marta sodir boʻlgan zilzilalarda jiddiy shikastlangan va tashlandiq xarobaga aylangan. Bu uchinchi eng uzoq saqlanib qolgan qadimiy dunyo moʻjizasi edi (Galikarnas maqbarasi va hozirgi Buyuk Giza piramidasidan keyin), qisman 1480-yilgacha saqlanib qolgan, uning qoldiqlarining oxirgi toshlari ushbu joyda Qayt-bey qal’asini qurish uchun ishlatilgan.
1994-yilda fransuz arxeologlari guruhi Iskandariyaning Sharqiy bandargohida izlanishlar qilib, dengiz tubida mayoqning baʼzi qoldiqlarini topadilar. 2016-yilda Misrning Qadimiy ashyolar davlat vazirligi qadimiy Iskandariyaning suv ostida qolgan xarobalari, jumladan, Faros xarobalarini ham suv osti muzeyiga aylantirishni rejalashtirgan edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mayoq miloddan avvalgi III asrda qurilgan. Iskandar Zulqarnayn vafot etgach, birinchi Ptolemey (Ptolemey I Soter) miloddan avvalgi 305-yilda oʻzini qirol deb eʼlon qiladi va koʻp oʻtmay mayoqning qurilishini boshlaydi. Bino uning oʻgʻli Ptolemey II Filadelf davrida, jami 800 talant kumushga, oʻn ikki yil vaqt davomida qurib bitkazilgan. Yorugʻlik tepada joylashgan oʻchoqdan chiqqan va minora asosan ohaktosh va granitning qattiq bloklari bilan qurilgani aytilgan[2].
Miloddan avvalgi birinchi asrning oxirida Iskandariyaga tashrif buyurgan Strabon oʻzining Geografiya qoʻlyozmasida Knidlik Sostratusning mayoq ustiga metall harflar bilan yozilgan „Qutqaruvchi xudolarga“ bagʻishlanishi haqidagi yozuvlarni uchratadi. Milodiy birinchi asrda yashagan Pliniy oʻzining „Tabiat tarixi“ asarida Sostrat bu mayoqning meʼmori ekanligini taʼkidlagan[3]. Ammo bu xulosa bahsli boʻlsa-da, milodiy 2-asrda oʻzining „Tarixni qanday yozish kerak“ nomli taʼlim risolasida Lusian Sostrat oʻz ismini Ptolemey nomi bilan atalgan gips ostida yashirganligini, natijada gips yiqilib tushganda toshda Sostratusning ismi koʻrinib qolganini taʼkidlagan[4]. Mayoq qurilishida foydalanilgan qumtosh va ohaktosh bloklari qayerdan kelib chiqqanini aniqlash uchun ilmiy tahlil qilingan, mineralogik va kimyoviy tahlillarga koʻra qurilish toshlari Iskandariya sharqidagi choʻlda joylashgan Vodiy Hammamat karerlariga tegishli deya hisoblangan[5].
Vayronaga aylanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mayoq 796 va 951-yillardagi zilzilalar natijasida qisman yorilib vayron boʻlgan, soʻngra 956, 1303 va 1323-yillardagi zilzilalarda strukturaviy qulash sodir boʻlgan. Zilzilalar ikkita taniqli tektonik chegaralardan, Afrika-Arab va Qizil dengiz zonalarida joylashgan. Hujjatlar shuni koʻrsatadiki, 956-yilgi zilzila birinchi boʻlib qurilishning 20 metrdan yuqori qismining strukturaviy qulashiga sabab boʻlgan. 956-yilgi zilziladan keyingi hujjatlashtirilgan taʼmirlar qatoriga ilgari yodgorlik tepasida turgan haykal qulagandan keyin islomiy uslubdagi gumbaz oʻrnatilganligi kiritiladi. 1303-yildagi eng halokatli zilzila Gretsiyaning Krit orolida (Iskandariyadan 280-350 km) boshlangan (taxminiy intensivligi VIII+ boʻlgan)[6]. Nihoyat, 1480-yilda Misrning oʻsha paytdagi sultoni Qaytbay yiqilgan toshning bir qismidan foydalanib, mayoq maydonining kattaroq platformasida oʻrta asrda mashxur boʻlgan Qayt-bay nomli oʻz qal’asini qurdiradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cleyton, Peter A. Qadimgi dunyo mo`jizalari. Social sciense (2013-yil 21-avgust), s. 192.
- ↑ „Aleksandriya mayogʻi“.
- ↑ „Aleksandriya arxitektorlari“.
- ↑ Lucian. Tarix qanday yoziladi.
- ↑ . Iskandariya Mayog`i Arxeologik obyektlaridagi Misr cho'kindi jinslarining xususiyatlari va manbasi.
- ↑ „Milodiy 1303-yilgi zilzila paytida Iskandariya Farosining yaxlitligini baholash“.