Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Shkuratov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Ivanovich Shkuratov
Александр Иванович Шкуратов
Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar Markaziy tuman qoʻmitasi birinchi kotibi
Mansab davri
1952-yil – 1959-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1906-yil
Fargʻona
Vafoti 23-yanvar 1986-yil (80 yosh)
Toshkent
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Aleksandr Ivanovich Shkuratov (1906 – 1986) – Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Shkuratov 1906-yilda Fargʻonada tugʻiladi. U 1929-yildan SIKP aʼzosi.

Aleksandr Shkuratov 1923-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritib keladi. U 19231986-yillarda – oʻrmon aralash zavodi ishchisi, Oʻzbekiston, Fargʻona shahar LKYOI (Leninchi kommunistik yoshlar ittifoqi) qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston SSR komsomol ishlari boʻyicha mas’ul nazoratchi, Oʻzbekiston KP (b) MK huzuridagi XKP (Xitoy kommunistik partiyasi) tomonidan vakolatli mas’ul nazoratchi, „Oʻrtoq“ qandolat fabrikasi, Oʻzbekiston KP(b) MK maxsus sektor mudiri, Oʻzbekiston KP (b) Kuybishev partiyasi birinchi kotibi, Surxondaryo viloyat partiya qoʻmitasi ikkinchi kotibi, Toshkent viloyat partiya qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi (bolsheviklar) Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Respublika partiya maktabi tinglovchisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar Markaziy okrug qoʻmitasining birinchi kotibi, Savdo, rejalashtirish va moliya organlari boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasi partiya komissiyasi raisi vazifvlarida faoliyat olib boradi.

Shkuratov Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4 va 5-chaqiriqlari deputati etib saylanadi.

1986-yilda Toshkentda vafot etadi.