Aleksandr Grigoryans
Aleksandr Grigoryans | |
---|---|
Tavalludi |
19-iyun 1941-yil Toshkent, SSSR |
Ilmiy unvoni | professor |
Akademik rahbarlari | G. A. Nikolayev V. A. Vinokurov |
Grigoryans Aleksandr Grigoryevich (1941-yil 19-iyun, Toshkent) – sovet va rus olimi, texnika fanlari doktori, professor, lazer texnikasi va texnologiyasi boʻyicha mutaxassis, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Grigoryevich Grigoryans 1941-yil 19-iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab Toshkent politexnika institutiga oʻqishga kirdi va ikkinchi kursdan boshlab bir qancha muvaffaqiyatli talabalar qatorida N. E. Bauman nomidagi Moskva oliy texnika universitetiga oʻtkazildi. 1965-yilda uni tugatgandan soʻng, u yerda „Payvandlash jarayonlarini mashinalari va avtomatlashtirish“ ixtisoslashtirilgan kafedrasida ishlash uchun qoldirildi. Vaqt oʻtishi bilan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va professor lavozimiga koʻtarildi[1]. Aleksandr Rossiya muhandislik akademiyasining aʼzosi boʻldi[2].
Aleksandr Grigoryans 1981-yildan N. E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan yangi tashkil etilgan „Lazerniye texnologii v mashinostroyenii“ kafedrasiga rahbarlik qiladi[3]. Shu bilan birga, „Moskovskiy sentr lazernix texnologii“ korxonasining bosh direktori hisoblanadi.
Grigoryans 1970-yillarning boshidan boshlab payvandlashda lazer nurlanishini tadqiq qildi. Ish natijalari 1981-yilda SSSRda birinchi boʻlib „Lazerli ishlov berish uskunalari va texnologiyasi“ boʻlimini yaratish uchun asos boʻldi va u yerda rahbar boʻlib faoliyat yuritdi. Hozirgi kunda ushbu kafedra „Mashinasozlikda lazer texnologiyalari“[4] deb nomlanadi va erishilgan natijalarga koʻra N. E. Bauman nomidagi MSTU yetakchi kafedralaridan biri hisoblanadi[5].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilm – Natalya (Grishina) Natalya bilan oila qurgan va ularning 2 nafar farzandi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Список выпускников и преподавателей ИМТУ, МММИ, МВТУ, МГТУ с 1865 до 2012 года // Сайт People.bmstu.ru“. 2016-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
- ↑ „Члены Академии // Официальный сайт Российской инженерной академии“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
- ↑ „Кафедра МТ-12“ (ru). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Официальный сайт кафедры «Лазерные технологии в машиностроении» МГТУ“. 2019-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-oktyabr.
- ↑ Doklad rektora MGTU im. N. E. Baumana Anatoliya Aleksandrovicha Aleksandrova na konferensii trudovogo kollektiva universiteta // Sayt Pandia.ru, 30.08.2013