Aleksandr Abdalin
| Aleksandr Stepanovich Abdalin | |
|---|---|
| Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi oʻrinbosari | |
|
Mansab davri 1963-yil – 1978-yil 23-oktyabr | |
| Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining 2-kotibi | |
|
Mansab davri – 1959-yil 23-mart | |
| Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasining 2-kotibi | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
25-dekabr 1906-yil Xmelinka, Balashov uyezdi, Saratov gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti |
23-oktyabr 1978-yil (71 yoshda) Toshkent, OʻzSSR |
| Siyosiy partiyasi | VKP (b) / KPSS |
| Mukofotlari |
|
| Dafn etilgan joyi | Chigʻatoy qabristoni |
Aleksandr Stepanovich Abdalin (1906-yil 25-dekabr, Saratov viloyati Xmelinka – 1978-yil 23-oktabr, Toshkent) – Oʻzbekiston SSR davlat va siyosiy arbobi; Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari (1963—1978).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Stepanovich Abdalin 1906-yil 25-dekabrda Saratov guberniyasining Xmelinka shahrida[1] kambagʻal dehqon oilasida tugʻiladi[2].
1922-yildan mardikor sifatida ishlagan[3]. 1923-yilda komsomol, 1930-yilda – BKP(b)ga aʼzo boʻladi. Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) MK instruktori, Oʻzbekiston KP (b) MK boʻlim mudiri oʻrinbosari va boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi(b) Fargʻona viloyat qoʻmitasi 2-kotibi lavozimlarida ishlaydi[4].
1959-yil 23-martgacha – Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining 2-kotibi.
Abdalin 1963-yildan—1978-yil 2-oktyabrgacha – Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining oʻrinbosari; bundan tashqari, bir vaqtning oʻzida – Oʻzbekiston Respublika tabiatni muhofaza qilish jamiyati raisi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi 3—9-chaqiriqlar deputati.
Aleksandr Abdalin 1978-yil 23-oktyabrda vafot etadi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oktyabr inqilobi ordeni
- Beshta Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- Qizil Yulduz ordeni
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni
Xotirlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sirdaryo viloyatida paxtachilik sovxoziga A. S. Abdalin nomi beriladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nine territoriya otnositsya k Saratovskoy oblasti (sm.: „Хмелинка Саратовской области“. Генеалогическая база знаний: персоны, фамилии, хроника. 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-yanvar.).
- ↑ „Справочник по истории Коммунистической партии и Советского Союза 1898 - 1991“.
- ↑ „Мемориал памяти“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
- ↑ „Сentrasia.org“.
- 25-dekabrda tugʻilganlar
- 1906-yilda tugʻilganlar
- Rossiya imperiyasida tugʻilganlar
- 23-oktyabrda vafot etganlar
- 1978-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisining oʻrinbosarlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari