Aleatorika
Aleatorika (lot. alea — tasodifiylik) — 20-asr ikkinchi yarmida Yev-ropa kompozitorlik ijodida dodeka-foniyaning qatʼiy qonun-qoidalariga qarshi yuzaga kelgan oqim. Uning zamirida tasodifiylik (mas, muayyan notalarni ishlatish boʻyicha „qur’a“ga tayanish, soqqachalar tashlash va boshqalar)dan ijodiy foydalanish yotadi. A. asarlarida kom-pozitorlar baʼzan ijrochilarning mahorat imkoniyatlariga ham unumli ta-yanishadi. Shu bois hozirgi kungacha mexanik (qatiy) A., badihaviy A. va nazoratli A. turlari odat tusiga kirgan. Bularning birinchi va ikkinchisi P. Bulez (Fransiya) va K. Shtokxauzen (Germaniya) to-monidan 1950-yillarning 2-yarmida, uchinchisi esa 60-yillar boshida V. Lyutos-lavskiy (Polsha)larning izlanishlari natijasida joriy etilgan. Oʻzbekiston kompozitorlari (N. Zokirov, T. Qurbonov, F. Yanov-Yanovskiy va boshqalar) ijodida ham A. alomatlari uchraydi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |