Albrextsberg qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albrextsberg qal’asi (nemischa: Schloss Albrechtsberg) — Drezden yaqinidagi Elba daryosuning oʻng qirgʻogʻida joylashgan uchta Elba qal’asidan biri.

U 1850-1854 yillarda Prussiya klassitsizmi uslubida Prussiya qirollari Fridrix Uilgelim IV va Vilgelm I ning ukasi Prussiya shahzodasi Albrext uchun Shinkelning shogirdi arxitektor Adolf Loxse tomonidan qurilgan. Shahzoda Albrext Prussiya saroyi qarshiligiga qaramay, oʻzining birinchi rafiqasi Marianna Oranskaya-Nassauning saroy xonimi Rosaliya fon Raux bilan morganatik (ijtimoiy teng boʻlmagan) nikohda kirib, Berlindan Saksoniyaga ketgan vaqtida bu yerda yer uchastkasi sotib olgan edi[1].

Ota-onalari vafotidan keyin Albrextsberg qal’asida ularning oʻgʻillari, avval Fridrix, keyin Vilgelm fon Gogenau yashagan. 1914-yilda aka-ukalarining eng kichigi Fridrix vafot etgandan soʻng, kartadan katta qarzdor boʻlib qolgan Vilgelm 1925-yilda qal’ani shaharga sotishga majbur boʻldi. 1937-yildan qal’a binolaridan SA otliqlar rotasi uchun kazarma va otxona sifatida foydalanilgan. 1943-yildan qal’aning yertoʻlalari bomba tashlash vaqtlarida Drezden bolalar uylarini tarbiyalanuvchilari uchun boshpana boʻlib xizmat qilgan. Urushdan keyin boshqa Elba qal’alarida boʻlgani kabi Albrextsbergda ham Qizil Armiya boʻlinmalari joylashtirildi. 1948-yilda GDR Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shahardan sotib olingan qal’ada „Inturist“ mehmonxonasi ochildi. 1951-yilda saroyda sovet modeli boʻyicha GDRda birinchi pionerlar saroyi ochildi.

Qal’ada qurilgan park 1930-yildan boshlab jamoat uchun ochiq. Hozirgi vaqtda qal’a binosidan turli madaniy tadbirlar uchun foydalaniladi va toʻy marosimlari uchun ijaraga olinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. archINFORM (nem.) — 1994.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]