Al-Musnad
Qiyofa
«al-Musnad»(«al-Musnad al-Kabir») – Imom ash-Shosiyning toʻligʻicha hadislarga bagʻishlangan asaridir. Bu asarning yagona qoʻlyozma nusxasi yaqin vaqtgacha Suriyaning Damashq shahridagi «az-Zohiriya» kutubxonasida 277 raqam ostida saqlangan, keyinchalik Damashqdagi nodir qoʻlyozmalar saqlanadigan «Maktabat al-Asad» nomli kutubxonaga oʻtkazilgan. 192 varaqdan iborat ushbu qoʻlyozma hijriy 558 (milodiy 1163) yilda xattot al-Hofiz Ziyouddin al-Muqaddasiy tomonidan nasx xatida koʻchirilgan. Ushbu asar 1992-yilda Dubay shahrida yirik hadisshunos olim, doctor Mahfuz ar-Rahmon Zaynulloh tomonidan tadqiq etilib, bir necha jildda Madinai Munavvarada nashr etilgan.[1]
Mazkur asar «Musnadi Shoshiy» deb ham yuritiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abu Saʼid al-Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy. Al-Musnad . -Madinai munavvara: Maktabat alulum valhikam, 1990. 1 jild. -B. 14-17.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- I.Usmonov, Ilmiy maqolalar toʻplami. Tarix. 343 bet. Yosh olimlar ilmiy maqolalari toʻplami. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Taʼlim Vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti. 2014.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |