Kontent qismiga oʻtish

Akseptsiz toʻlovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Akseptsiz toʻlovlar — bankka taqdim etilgan toʻlov talabnomasiga asosan amalga oshiriladigan toʻlovlar. Toʻlovchining roziligi talab etilmaydigan hollarda qoʻllanadi (hujjatlarda maxsus „akseptsiz“ deb qayd etiladi). Masalan, kommunal xizmatlar (gaz, suv, kanalizatsiya) toʻlovlari Akseptsiz toʻlovlar tartibida oʻtkaziladi. Shuningdek standartlarga mos kelmaydigan tovarlar uchun ortiqcha toʻlangan summani qaytarib olish talabnomasi, rejali toʻlovlar qatoridagi talabnomalar ham Akseptsiz toʻlovlarga kiradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil