Aminjon Akobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akobirov Aminjon Soliyevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Aminjon Soliyevich Akobirov (1930.22.2, Buxoro) – aktyor va rejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969). Buxoro teatrida aktyor (1945-57), rejissyor (1957-60), bosh rejissyor (1960–64), direktor va rejissyor (1964–73 va 1975 yildan), Samarqand opera va balet teatrida direktor (1973–75). A. ma’-naviy-falsafiy ruhdagi obrazlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan: Qambarali ("Oltin ko‘l"), Sulaymon ("Arshin mol olon"), Navoiy ("Alisher Navoiy"), Kochkaryov ("Uylanish") va boshqa Rejissyor sifatida "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin), "Guli Siyoh" (S. Jamol), "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla), "Mening Buxo-rom" (K. Yashin), "Vatan ishqi", (Z. Fatxullin, Sh. Sa’dulla) kabi asarlarni sahnalashtirdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil