Kontent qismiga oʻtish

Akademik teatr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik teatr – MDH mamlakatlaridagi yirik va koʻhna teatrlarga beriladigan faxriy unvon. Sobiq Ittifoqda 1919-yilda taʼsis qilingan. Birinchi boʻlib Akademik teatr unvoni Moskvadagi Katta teatrga berilgan. Oʻzbekistonda shu unvonga sazovor boʻlgan 3 ta teatr bor: Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatri, Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatri va Respublika akademik rus drama teatri[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.