Ahror Toʻlaganovich Toʻlaganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahror Toʻlaganovich Toʻlaganov (1908.23.9 Toshkent 1990.18.J) - zoolog, fitogelmintolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950). Biol. fanlari doktori (1947), professor (1948). Samarqand Davlat Universitetini tugatgach (1931), umurtqasiz hayvonlar kafedrasida aspirant, assistent, dotsent va mudir (1931—41), Maorif xalq komissarligida boshqarma boshligʻi (1942—43). Oʻrta Osiyo universitetida umurtqasiz hayvonlar kafedrasi (1941 yildan) va fitogelmintologiya problematik laboratoriya mudiri (1959 yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti gelmintologiya laboratoriya mudiri (1945—57), Samarqand Davlat Universiteti rektori (1957—63). Toshkent Davlat Universiteti umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1963—88), Toshkent Davlat Universiteti biol. fakulteti dekani (1973—74). Ilmiy ishlari tuproq va oʻsimlikxoʻr nematodalarni oʻrganishga bagʻishlangan. 25 ga yaqin nematodalarning yangi turlarini kashf etgan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston hududida uchraydigan oʻsimlik va tuproq nematodalari katalogi tuzilgan; kanop, gʻoʻza va sabzavot ekinlari parazit nematodalariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1974).

Manbalar[tahrir]

  • Rasteniyeyadnie i pochvennie nematodi Uzbekistana, T., 1949; Nematodi selskoxozyaystvennix kultur Uzbekistana i borba s nimi, T., 1958; Fitonematodi Uzbekistana, T., 1975.