Demografik statistika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aholi statistikasidan yoʻnaltirildi)

Demografik statistika, aholi statistikasi —statistika fani tarmogʻi, aholi yoki uning alo-hida guruhlarining miqdori, tarki-bi, joylashishi va takror barpo boʻli-shi haqida statistik uslub asosida maʼlumotlar toʻplash, uni qayta ishlash va taxlil qilishni oʻrganadi. D. s aholi va demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlish, nikoh va ajralish, aholining takror barpo boʻlishi) haqidagi raqam koʻrsatkichlar yigʻindisidan iborat. D. s. maʼlumotlaridan sotsial-demografik tadqiqotlarda foydalaniladi.

D. s aholi va demografik jarayonlar haqida maʼlumotlar toʻplashda ularning maʼlum ijtimoiytarixiy ta-raqqiyot davomida miqdor va sifat jihatdan muntazam oʻzgarib borishini nazarda tutadi. D. s.ning aholi roʻyxati oʻtkazish, demografik jarayonlar va migratsiyani doimiy roʻyxatga olib borish kabi ilmiy tadqiqot uslublari mavjud aholi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, guruhlash, ularni qiyoslash va demografik omillarni oʻrganish qoidalarini ham ishlab chiqadi.

D. s. statistikaning boshqa tarmoqlariga nisbatan ancha oldin paydo boʻlgan (qarang Aholi roʻyxati). Oʻzbekistonda D. s, asosan, 20-asrning 1-yarmidan shakllana boshlagan. 1927-yil Respubli-kada fuqarolik holatini qayd etish (ZAGS) byurolarining tarkib topishi D. s. rivojlanishiga olib keldi.

D. s. maʼlumotlari dunyoning juda koʻp mamlakatlarida maxsus byulletenlarda, statistik toʻplam, jurnal va demografik yilnomalarda nashr etiladi. Dunyo aholisi va uning miqsor, sifat oʻzgarishlari BMT demografik yilnomalarida, Oʻzbekiston aholisi va demografik jarayonlari haqidagi maʼlumotlar esa Oʻzbekistan Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika departamentining demografik yilnomalarida muntazam chop etiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil