Ahmadjon Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qurbonov Ahmadjon (1921.10.10, Jomboy tumani — 1945.6.2, Polsha, Grudzyondz shahri, Shyonayx qishlogʻida dafn etilgan) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urushgacha oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1940 yildan armiyada, Tambov harbiy bilim yurtini (1941) va "Vistrel" kursini (1943) bitirgan. 128-gvardiyachi oʻqchi polki (1-Belorussiya fronti 65-armiyaning 44-gvardiyachi oʻqchi diviziyasi)ning batalon komandiri, gvardiyachi mayor. 1944 yil 5 sentabr da Polshaning Seropk shahri, Karnevsk aholi punkti yaqinidagi Narev daryosini kechib oʻtishda va platsdarm uchun dushman bilan boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun vafotidan soʻng Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945.24.3).Oʻzi oʻqigan maktabga, Jomboy shahridagi stansiya va koʻchaga nomi berilgan.