Ahmad Mujallid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmad Mujallid (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning shoʻx tabʼ, ammo behayo kishi ekanligini aytib, oʻz davrida u sheʼr yoki muammo bilan hajv qilmagan odam deyarli qolmaganligini yozadi. “Majolis un-nafois”­da uning “Jurda” ismiga hajv tariqasida bitgan muammosi keltirilgan. Qabri Hirot shahrida[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Majolis un-nafois”.