Ahmad Aʼzam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad A'zam
Ahmad A'zam – yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist.
1949-yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi G’azira qishlog’ida tug’ilgan. 2014-yili Toshkent shahrida vafot etgan.
1971-yili Samarqand davlat universitetining o’zbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin “Guliston” jurnali, “O’zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi, “Sovet O’zbekistoni san'ati” jurnali redaksiyalarida, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan shug’ullangan, “Birlik” xalq harakati hamraisi, “Erk” demokratik partiyasi bosh kotibi bo’lgan. Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999–2004-yillar).
1995-yildan O’zbekiston televideniesida bosh muharrir, “O’zbekiston” telekanali bosh direktori, “O’zbektelefilm” studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
O’zbekiston televideniyesida yuzlab ko’rsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng mashhurlari: “O’zlik”, “Xalqning ko’ngli”, “To’rtinchi hokimiyat”.
“Oyning gardishi”, “Bu kunning davomi”, Asqartog' tomonlarda, “Soyasini yo’qotgan odam”, “O’zi uylanmagan sovchi”, "O'zim bilan o'zim", Ro'yo yohud G'ulistonga safar nomli nasriy asarlar, “Mas'ul so’z”, "Til nomusi" degan adabiy-tanqidiy maqolalar to’plamidan iborat kitoblari bosilgan.
Yozuvchining ijodi bilan ahmadazam.uz sahifasida tanishish mumkin.