Agava (oʻsimlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Agava (oʻsimlik)
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Agava (Agave) – chuchmomadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Vatani – Oʻrta va Janubiy Amerika. 300 dan ortik, turi Meksika va unga yondosh ulkalarda yovvoyi holda oʻsadi. Yevropa va Osiyoda (xususan, Oʻrta Osiyo, Qrim va Kavkazda) ham ekiladi. Poyasi qisqa, quyi qismida uzun va qalin (sukkulent) yopirma barglar joylashgan. A. monokarp oʻsimlik, ya’ni butun hayoti davomida faqat bir marta (6 – 15 yilda, oranjereyalarda esa 20 – 30 yildan keyin ) gullab, uzun (12m gacha) genera-tiv poya chiqaradi, unda 17 mingga qadar gul boʻladi. Gullari urugʻlab boʻlgandan soʻng A. quriydi. A. asosan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil