Agastya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agastya- Rigvedaning koʻplab gimnlari bagʻishlangan ilohiy donishmand, Mitra va Varunaning oʻgʻli. Rivoyatga koʻra, u uch olam hukmronligini qoʻlga kiritgan podshoh Naxushuni duoibad qilib, ilonga aylantiradi va Indraga ilohlar hukmronligini qaytaradi. U okean suvini ichib, uning tubida yashiringan asurlarni ilohlarga topib beradi va gʻalabaga katta hissa qoʻshadi. Bir kuni Vindxya tog'i koʻkka qarab shu qadar boʻy choʻzadiki, osmonga borib yetadi, hatto quyosh va oy ham yoʻl toʻsilgani bois, oʻz oʻrnini belgilangan muddatda egallay olmaydi. Shunda maʼbudlar Agastyadan yordam soʻraydilar. U maʼbudlarning iltimosiga koʻra, togʻ yoniga keladi va undan janubga borib kelishi uchun biroz egilib, qaytib kelgunicha qaddini rostlamay turishini iltimos qiladi. Togʻ uning iltimosini qabul qilib egiladi. Agastya janubiy oʻlkalarga ketadi, ammo ketgan tomondan qaytmaydi. Shuning uchun Vindxya togʻi hanuz egilgan holda ekan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 15-16.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.