Agafangel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(V asr) – birinchi arman tarixchisi. Hayoti va ijtimoiy – ilmiy hayotiga oid ma’lumotlar yo‘q. U “Armaniston tarixi” degan asari bilan mashhur. Asar eski arman tilida yozilgan. Unda xristianlikning tarqalishi, Armanistonning qadim zamonlaridan podsho Tridat III (mil. IV asri) davrigacha bo‘lgan tarixi hamda feodal munosabatlarning rivojlanishiga oid qimmatli ma’lumotlar jamlangan. Xususan, Armaniston – Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.

Asar grek, gruzin va arab tillariga  tarjima qilingan. Uningfransuzcha tarjimasi ham bor.

“Armaniston tarixi”ning matni 1909 y. Tiflisda chop qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).