Afrika va Osiyo mamlakatlari instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Afrika va Osiyo mamlakatlari instituti
Moscow 05-2012 Mokhovaya 05.jpg
Asl nomi Институт стран Азии и Африки Московского государственного университета
Xalqaro nomi Institute of Asian and African Studies of Moscow State University
Asos solingan 1956
Oʻquv yurti turi fakultet
Tipi davlat
Sohasi sharqshunoslik
Manzili Moskva, Moxovaya koʻchasi, 11 Rossiya
Vebsayti iaas.msu.ru

Afrika va Osiyo mamlakatlari instituti (ruscha: Институт стран Азии и Африки, ИСАА) — Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan Moskva davlat universiteti fakultetlaridan biri. Rossiyadagi eng eski va obroʻli sharqshunoslik fakultetlaridan biri. 1956-yilda maxsus fakultet sifatida asos solingan. 1972-yilgacha «MDU qoshidagi sharq tillari instituti» (ruscha: Институт восточных языков при МГУ) deb atalgan[1].

Kafedra va boʻlimlari[tahrir]

Filologiya boʻlimi[tahrir]

  • Arab filologiyasi kafedrasi
  • Eron filologiyasi kafedrasi
  • Yapon filologiyasi kafedrasi
  • Hind filologiyasi kafedrasi
  • Xitoy filologiyasi kafedrasi
  • Turkiy filologiya kafedrasi
  • Janubi-Sharqiy Osiyo, Moʻgʻuliston va Koreya filologiyasi kefadrasi
  • Gʻarbiy Yevropa tillari kafedrasi

Tarix boʻlimi[tahrir]

  • Yaqin va Oʻrta Sharq tarixi kafedrasi
  • Xitoy tarixi kafedrasi
  • Janubiy Osiyo tarixi kafedrasi
  • Uzoq Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo tarixi kafedrasi
  • Yoponiya tarixi va madaniyati kafedrasi

Ijtimoiy-iqtisodiy boʻlim[tahrir]

  • Afrika va Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti va iqtisodiy geografiyasi kafedrasi
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi

Siyosatshunoslik boʻlimi[tahrir]

  • Sharq siyosatshunosligi kafedrasi

Kompleks taʼlim boʻlimi[tahrir]

  • Afrikashunoslik kafedrasi
  • Yahudiyshunoslik kafedrasi
  • Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kafedrasi

Laboratoriyalar va tadqiqot markazlari[tahrir]

  • Sharq madaniyati ekologiyasi laboratoriyasi
  • Tajribiy fonetika laboratoriyasi
  • Markaziy Osiyo va Kavkazni tadqiq qilish markazi
  • Moskva davlat universitetining oʻlkashunoslik boʻyicha xalqaro markazi
  • Eron bilan madaniy aloqalar jamiyati
  • Afrika va Osiyoda din boʻyicha muammolarni tadqiq qilish markazi
  • Hindshunoslik va buddashunoslik tadqiqot markazi
  • Arabshunoslik va islomshunoslik markazi
  • «Afrika tarixi» ilmiy markazi
  • Vyetnamshunoslik markazi
  • «Nusantara» jamiyati
  • Hisoblash tenikasi laboratoriyasi
  • Taʼlimdagi texnik vositalar laboratoriyasi

Sh. qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]