Kontent qismiga oʻtish

Afia Charles

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afia Charles
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 22-iyul 1992-yil (1992-07-22) (31 yosh)
Greenbelt, Maryland
Boʻyi 5 ft 7 in
Sport
Mamlakat Antigua va Barbuda Antigua and Barbuda
Qaysi sport Yengil Atletika

Afia Neliah Charles (1992-yil 22-iyulda tugʻilgan)[1] — 400 metrga yugurish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadigan Antigua va Barbudalik sprinter.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charles AQShning Merilend shtatidagi Grinbelt shahridan, lekin uning onasi Ruperta Antiguada tugʻilgan va 1984-yilda Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Antigua bayrogʻi ostida musobaqalrda ishtirok etgan[2][3]. Afia Charles hozirda Markaziy Florida universitetida (UCF) tahsil oladi va u yerda UCF Knights yengil atletika jamoasi tarkibida universitetlararo musobaqalarda ishtirok etadi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charles Eleanor Ruzvelt oʻrta maktabida tahsil olgan. 2008-yilgi Amerika chempionatida Penn estafetasi boʻlib oʻtgan. Unda 400 metrga estafeta boʻyicha 4-oʻrinni egallagan[4]. Birinchi kursda u 2011-yilda Yamaykaning Montego-Bay shahrida boʻlib oʻtgan CARIFTA oʻyinlarida 400 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan. Antigua bayrogʻi ostida musobaqada qatnashgan Charles 54,23 soniya bilan shaxsiy rekordini yangilagan lekin bu natija unga medllar uchun davogarlik qilishga yetarli boʻlmagan[2][5]. Charles 400 metrga ochiq sport komplekslarida yugurish boʻyicha birinchi kurs talabalari va maktab rekordlarini yangilagan. U 53,6 soniya natija koʻrsatgan. 2011-yilgi NCAA Ayollar oʻrtasidagi yengil atletika chempionatida ishtirok etgan. U maktabda koʻrsatgan yaxshi natijasi uchun jamoa safiga qoʻshilgan va jamoasi bilan 400 metrga estafeta bahslarida ishtirok etgan[2]. Ikkinchi kursda u C-USA Indoor chempionatida 400 metrga yugurishda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Bu musobaqada u 54,17 soniya natija koʻrsatib maktab rekordini yangilashga muvaffaq boʻlgan[2]. U UCFda Karil Smit Gilbert murabbiyligi ostida musobaqalarda ishtirok etgan[3].

2011-yil iyul oyida u ayollar oʻrtasida 400 metrga yugurish boʻyicha 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Antigua va Barbuda jamoasidan chaqiruv olgan. Bu chaqiruvga javob tarzida u terma jamoada ilk bora qatnashgan[3]. Musobaqa "Olimpiya" stadionida 3—5-avgust kunlari boʻlib oʻtgan[6]. Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun Charles 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 400 metrga estafeta bahslarida oltin medal sovrindori boʻlgan Di Di Trotter bilan tayyorlangan. Di Di 2012-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasidan chaqiruv olgan Smit Gilbertning Tennessi Universitetida birga oʻqigan va musoabqalarga tayyorlangan doʻsti hisoblanadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Athletes- Charles, Afia biography“. International Association of Athletics Federations. Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Afia Charles profile“. CBS Sports Network. 2012-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Burgen, Miranda. „Charles makes Antigua Olympic roster“. Central Florida Future (2012-yil 11-iyul). 2012-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.
  4. Little, Carl. „E. Roosevelt Girls Repeat in Quick 4x400 Relay“. The Washington Post (2008-yil 26-aprel). Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.
  5. Salvas. „Afia Charles Medals at CARIFTA Games in 400 Meters“. CBS Sports College Network (2011-yil 24-aprel). 2013-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.
  6. „Women's 400m“. Official site of the London 2012 Olympic and Paralympic Games. 2012-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 16-iyul.