Advokatning yordamchisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Advokatning yordamchisi — Oʻzbekiston Respublikasining yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarosi. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi boʻlishi mumkin emas. Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega boʻlmaydi hamda uning surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi. Advokat yordamchisi advokat koʻrsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar boʻyicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taaluqli ishlar bundan mustasno. Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.

Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.[1]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]