Fibroadenoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Adenofibromadan yoʻnaltirildi)

Fibroadenoma (lot. fi bra — tola va adenoma), adenofibroma — bez va biriktiruvchi toʻqimadan rivojlanadigan xavfsiz oʻsma. Asosan, sut bezlarida, prostata bezi va boshqa aʼzolarda uchraydi. Sekin oʻsadi, qobiqqa oʻralgan boʻlib, atrofidagi toʻqimalardan chegaralanib turadi. Bezning sut yoʻli ichiga oʻsgani — ichki F., sut yoʻli atrofidagisi — tashqi F., aralash oʻsgani ulkan F. (yaproqsimon), unda koʻpincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo boʻladi. Sut bezi F.sida ogʻriq, prostata bezi F.sida siydikning qisman yoki toʻla tutilishi kuzatiladi. Baʼzan xavfli oʻsmaga aylanishi mumkin. Davosi: jarrox/shk yoʻli bilan olib tashlanadi.