Adam Cracknell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tugʻilgan joyi 15-iyul 1985-yil (1985-07-15) (38 yosh)
Prince Albert, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ogʻirligi 96 kg (212 lb; 15 st 2 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Amerika xokkey ligasi
Sobiq jamoalar
Tucson Roadrunners
St. Louis Blues
Columbus Blue Jackets
Vancouver Canucks
Edmonton Oilers
Dallas Stars
New York Rangers
Anaheim Ducks
Kunlun Red Star
Milliy jamoa  Kanada
Jamoalardagi faoliyat 2006-yil—hozirgacha

Adam Cracknell (1985-yil 15-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey oʻng qanot hujumchisi, hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) Tucson Roadrunners bilan oʻynamoqda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cracknell 2002—2006-yillar oraligʻida „Gʻarbiy Xokkey ligasi“da (WHL) „Kootenay Ice“ jamoasi uchun yosh xokkey oʻynagan. Klubdagi ikkinchi mavsumidan soʻng, u toʻqqizinchi raundda (umumiy 279-oʻrin) 2004-yilda „Kalgari Flayms“ klubiga oʻtgan. 2004/2005-yilgi mavsumda jamoa aʼzosi sifatida „Ice“ liganing muntazam mavsumi chempionligini qoʻlga kiritdi. 2005/2006-yilgi mavsumda Cracknell jamoada gol 42 ta gol 51 ta uzatma qayd etgan[1].

Cracknell oʻzining dastlabki uchta professional mavsumini Flamesning kichik ligalarida oʻtkazdi, Sharqiy qirgʻoq xokkey ligasining Las-Vegas Wranglers va Amerika Xokkey ligasining klubi „Quad City Flames“ bilan oʻynadi. Biroq, u hech qachon klub uchun oʻyinda maydonga tushmagan. 2009-yil 16-iyulda Cracknell „Sent-Louis Bluers“ bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Cracknell Sent-Louis Bluersdagi birinchi faoliyati davomida.

Cracknell 2011-yilgi mavsumning koʻp qismini Amerika Xokkey ligasining koʻk-anorranglilar shoʻbasi „Peoria Rivermen“ jamoasida oʻtkazdi. 12-mart kuni Cracknell „Detroyt Red Wings“ga qarshi oʻyinda ligadagi birinchi golini kiritdi. 2014-yil 17-aprelda Cracknell G‘arbiy konferensiya chorak finalining 1-o‘yinida „Chikago Blekxoks“ga qarshi o‘zining birinchi Stenli kubogi pley-off golini urdi.

Los-Angeles Kings va Columbus Blue Jackets

2014-yilning 1-iyulida Cracknell Stenli kubogi chempioni „Los-Angeles Kings“ bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi[2]. Biroq, mashgʻulot paytida Cracknell „Kings“ jamoasini hayratda qoldira olmadi. „Columbus Blue Jackets“ klubi uni 7-oktyabrda „Kings“dan sotib olishin aytdi[3]. Cracknell keyinchalik, „Jackets“ klubiga oʻtdi va klub tarkibda 17ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani qayd etdi.

Sent-Louis Bluers

2015-yil 26-fevralda Cracknell „Sent-Louis Bluers“ klubi tomonidan qayta sotib olindi[4]. Cracknell mavsumning qolgan qismini „Sent-Louis“ safida oʻtkazdi.

Vancouver Canucks va Edmonton Oilers

2015-yil 25-avgustda „Vancouver Canucks“ Cracknell bilan erkin agent sifatida bir yillik, ikki tomonlama shartnoma imzoladi[5]. Yil boshlashi kutilayotganda Cracknell oʻquv-mashgʻulot yigʻinida katta taassurot qoldirdi va Canucksning 2015/2016-yilgi mavsumdagi ochilish kechasi roʻyxatiga kiritildi. 2015-yil 12-oktyabrda u Canucks safida ilk golini urdi[6]. Cracknell 2016-yilning 29-fevralida „Edmonton Oilers“ tomonidan sotib olindi[7].

Dallas Stars

2016-yil 3-iyulda Cracknell „Dallas Stars“ bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomaga erkin agent sifatida imzo chekdi[8]. Starts bilan birinchi oʻyinida Cracknell gol va golli uzatma bilan 2 ochko qayd etdi[9]. 2017-yil 24-mart kuni Cracknell o‘zining ilk faoliyatidagi xet-trikini „San-Jose Sharks“ga qarshi o‘yinda (6:1) amalga oshirdi.

Tucson Roadrunners

Cracknell erkin agent sifatida, 2022-yil 26-iyulda „Tucson Roadrunners“ bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi[10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil yanvar oyida Cracknell 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada mlliy xokkey terma jamoasida oʻynash uchun tanlangan[11][12][13].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
Gʻarbiy Xokkey ligasi yulduzlar jamoasi 2006-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Milliy xokkey ligasi. The Milliy xokkey ligasi Official Guide & Record Book/2011. Triumph Books, 2010 — 287 bet. ISBN 978-1-60078-422-4. 
  2. „Kings sign Adam Cracknell and David Van der Gulik to one-year contracts“. Los Angeles Kings (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  3. „Blue Jackets claim Adam Cracknell on waivers from Kings“. Columbus Blue Jackets (2014-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 7-oktyabr.
  4. „Blue Jackets trade Adam Cracknell to St. Louis Blues“. Columbus Blue Jackets (2015-yil 26-fevral). Qaraldi: 2015-yil 26-fevral.
  5. „Vancouver inks journeyman Adam Cracknell“. NBC Sports (2015-yil 25-avgust). Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  6. „Canucks earn shootout victory in Anaheim“. www.cbc.ca. Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
  7. „Waivers roundup: Edmonton claims two“. Milliy xokkey ligasi (2016-yil 29-fevral). Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  8. „Stars sign RW Adam Cracknell to one-year contract“. Dallas Stars (2016-yil 3-iyul). Qaraldi: 2016-yil 3-iyul.
  9. Shapiro. „Adam Cracknell makes strong case to stick with Stars“. www.todaysslapshot.com (2016-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-oktyabr.
  10. „Roadrunners welcome Adam Cracknell“. Tucson Roadrunners (2022-yil 26-iyul). Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
  11. „Canada unveils non-NHL Olympic hockey roster with pro experience, young talent“. www.cbc.ca/. CBC Sports (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  12. Nichols. „Team Canada's 25-player men's hockey roster nominated for Beijing 2022“. www.olympic.ca/. Canadian Olympic Committee (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  13. Stephens, Mike. „Canada Names Men's 2022 Olympic Hockey Roster“. The Hockey News (2022-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.