Kontent qismiga oʻtish

Adabiyot bilan bog'liq mukofot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiy mukofot (inglizcha: literary award or literary prize) – alohida maqtovga sazovor boʻlgan adabiy asar yoki asarning tan olinganligi uchun beriladigan mukofot.


Aksariyat adabiy mukofotlar tegishli taqdirlash marosimi paytida beriladi. Koʻpgina mukofotlar bir tashkilot (odatda notijorat tashkilot) jamoat yuzi sifatida mukofotni taqdim etuvchi va boshqa tashkilot esa mukofot toʻlovini, marosim va jamoatchilik bilan aloqalar xarajatlarini toʻlaydigan moliyaviy homiy yoki qoʻllab-quvvatlovchi sifatida tuziladi. Odatda bunday tashkilotlar korporativ homiy boʻlib, baʼzida mukofotga oʻz nomini qoʻshishi mumkin.

Mukofotlar turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli xil yozma shakllari, jumladan, she'riyat va romanlar uchun mukofotlar mavjud. Koʻpgina mukofotlar, shuningdek, fantastika yoki reallikka asoslangan asarning maʼlum bir janriga (masalan, ilmiy fantastika yoki siyosat) bagʻishlangan boʻladi. Shuningdek, Miguel de Cervantes mukofoti (ispancha)[1], Camões mukofoti (portugalcha)[2], Booker mukofoti[3], Folio mukofoti[4], Pulitzer mukofoti va Hugo mukofoti (ingliz)[5] kabi alohida tillardagi ishlarga bagʻishlangan mukofotlar ham mavjud.

Boshqa xalqaro adabiy mukofotlar qatoriga Nobel mukofoti, Franz Kafka mukofoti va Quddus mukofoti kiradi.

Xalqaro Dublin adabiy mukofoti yozuvchilarga, shuningdek, agar tanlangan kitob ingliz tilidan boshqa tilda yozilgan boʻlsa, tarjimon(lar)ga beriladi.

Yana afro-amerikalik va afrikalik mualliflarning yozuvlarni ragʻbatlantirishga qaratilgan adabiy mukofotlar ham mavjud.

Ushbu mukofotlardan ikkitasi 2007-yilda Baton Rouge Area Foundation tomonidan taʼsis etilgan Ernest J. Gaines adabiy mahorat uchun mukofoti va qora tanli yozuvchilar milliy hamjamiyati tomonidan beriladigan Hurston/Wright Legacy mukofotlari hisoblanadi.

  1. „Miguel de Cervantes Prize at Spain is culture.“. www.spainisculture.com. 2021-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  2. Santos, Nina „A Brief History of the Camões Prize“. Culture Trip (2017-yil 29-mart). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  3. „Booker Prize | British literary award“ (en). Encyclopedia Britannica. 2021-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  4. „The Rathbones Folio Prize | The Rathbones Folio Prize“ (en-GB). 2021-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  5. „Hugo Awards“ (en-US). DisCon III. 2021-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.