Achinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Achinlar, ache — Indoneziyadagi xalq, Sumatra o.ning shimolida, 826oʻtmishda Ache sultonligi mavjud boʻlgan mintaqada yashaydi. Aholisi 1,7 mln. kishi (1992). Indonez til guruhiga oid achin tilida soʻzlashadi. Islom diniga eʼtiqod qiladi. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik (sholikorlik, qora murch, kokos, kauchuk va boshqalar); hunarmandchilik — toʻqimachilik, boʻyra toʻqish va boshqa, metallni qayta ishlash, qayiqsozlik. Achinlar oʻziga xos boy adabiyotga ega.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil