Access Industries

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Access Industries Inc.
Turi xususiy kompaniya
Tarmogʻi konglomerat
Qachon asos solingan 1986
Joylashuvi  AQSh, Nyu-York, Nyu-York
Asoschi(lari) Leonard „Len“ Blavatnik
Mahsulot(lar)i tabiiy resurslar, kimyoviy moddalar, telekommunikatsion sanoat, venchur kapital, real estate investing
Vebsayti accessindustries.com

Access Industries Inc. — Amerika xususiy koʻp millatli sanoat guruhidir. 1986-yilda tadbirkor Leonard „Len“ Blavatnik tomonidan asos solingan, u hozirda rais hisoblanadi. Accessning sanoatdagi diqqati toʻrtta yoʻnalishga qaratilgan: tabiiy resurslar va kimyoviy moddalar, ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiyalar va venchur kapital. Guruh AQSh, Yevropa, Isroil va Lotin Amerikasiga sarmoya kiritadi. Bosh ofisi Nyu-Yorkda joylashgan boʻlib, London va Moskvada qoʻshimcha ofislari mavjud.

Joriy zaxiralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil holatiga koʻra, Access Industries UC Rusal, LyondellBasell, Rocket Internet, Warner Music Group va Zalando kabi kampaniyalarda oʻz ulushiga egalik qilishni davom ettirgan[1]. 2017-yilning aprelida Access Entertainment RatPac Entertainmentdan ham ulush olgan[2].

Texnologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Access Industries venchur (tavakkalli) loyihalar va oʻsish texnologiyalari investitsiya guruhi Access Technology Venturesni ishga tushirdi. 2017-yil holatiga koʻra, u Snapchat, Square, Yelp, Alibaba, Rocket Internet, Deezer[3], Gett[4], Spotify, Zalando va DigitalOcean kabi kompaniyalarga investitsiya qilgan. 2017-yilning avgustida Access Technology Ventures kompaniyaga 100 mln dollar investitsiya kiritgan holda, smartfon ishlab chiqaruvchi Essential Product uchun 300 mln dollar moliyalashtirishni amalga oshirildi[5]. 2015-yil oktyabr oyida Access Industries kompaniyasi musiqa, oʻyin-kulgi va moda sohasida isteʼdod va vakolatlarni rivojlantirishga qaratilgan First Access Entertainmentni yaratdi.

2022-yilda Access Industries jamgʻarmasi Lightspeed Venture Partners, Eldridge va 20VC jamgʻarmalari bilan birgalikda yangi „yakkashox“ga 116 mln dollar sarmoya kiritishdi. Bu Tripledot Studios boʻlib, mobil oʻyinlar ishlab chiqaruvchi Britaniya kompaniyasidir va uning loyihalari tarkibiga Wooduku, Word Hop va Solitaire kabilar kiradi. Bundan tashqari, soʻnggi yillarda Access Industries Norvegiyaning PortalOne loyihasiga 60 mln dollar, telemeditsina startapi Cerebralga 300 million dollar, elektron uchish apparatlari ishlab chiqaradigan Archer Aviationga 857 mln dollar investitsiya kiritgan.

Siyosiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-da Access Industries kompaniyasi Super PACs-ni qoʻllab-quvvatlash uchun 1,8 mln dollar xayriya qildi, bunda ular respublikachilar partiyasi nomzodlari Scott Walker va Lindsey Grahamni qoʻllashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Len Blavatnik, Bloomberg, 2022-01-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 15–dekabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. Hipes, Patrick „Len Blavatnik’s Access Acquires RatPac Entertainment Stake“. Deadline Hollywood (18-aprel 2017-yil). 2017-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-aprel 2017-yil.
  3. Warner Music's Parent Company Now In Control of Deezer Following French Approval, Billboard, 8–sentabr 2016–yil, qaraldi: 17–dekabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format () Andoza:Архивировано
  4. VW invests $300M in Uber rival Gett in new ride-sharing partnership, TechCrunch, 24–may 2016–yil, 2022-05-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17–dekabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. Access Technology Ventures Leads $300 Million Investment Round for Essential Products Inc., BusinessWire, 9–avgust 2017–yil, 2021-09-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17–dekabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()