Abulqosim Hakim Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abulqosim Hakim Samarqandiy, toʻliq ismi Isʼhoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd (856-946) -hanafiylik mazhabining koʻzga koʻringan nazariyotchisi, hakim. Samarqandda tugʻilgan. Yoshligida ilm olish uchun Balxga borgan, u yerda Abu Bakr Varroq Termiziydan tariqat taʼlimini olgan. U kalom, fiqh va tafsir ilmlarini chuqur oʻrganib, oʻsha davrning mashhur shayxlaridan hadis va rivoyatlar eshitgan. Manbalarga koʻra, keyinchalik u Samarqandga keladi, qozi lavozimida ishlaydi va shu yerda vafot etadi. Ulamolar: omoniylar amiri Ismoil Somoniyga murojaat qilib, Movarounnahrda avj olgan turli mazhab va firqalarni kelishtirish uchun aqidalar majmui boʻlgan bir kitob yaratishni tavsiya etadilar. Amir kitob yozishni Abulqosim Hakim Samarqandiyga topshirgan. Shu tariqa „as-Savod ul aʼzam“ („Koʻpchilik tomon“) kitobi vujudga kelgan. Abulqosim Hakim Samarqandiy oʻziga xos kalom maktabini yaratgan. U oʻz asarida imonni iratilmagan, yaʼni azaliy deb hisoblab, bu fikrga qoʻshilmaganlarni bidʼat ahli deb atagan. Abulqosim Hakim Samarqandiy hanafiy mazhabining asosiy aqidalarini himoya qilib, mazhabni tugʻilib kelayotgan akdiy dalillar vositasida qayta koʻrib chiqishga qarshi turgan, aqidaviy ixtilofga barham berish yoʻli bilan Movarounnahr musulmonlari oʻrtasidagi fikriy yakdillikni saqlab qolmoqchi boʻlgan. U ahli sunna va jamoa taʼlimotining shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Husniddinov Z., Ibrohimov N. 18-bet. -T: „Davlat ilmiy nashriyoti“, 2004.