Nizak tarxon
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nizak tarxon, Abul Xayyoj (? —706) — Koʻhistondagi Bodxiz shahrining merosiy hokimi (7-asr oʻrtasi). Balxdagi Navbahor ibodatxonasining bosh kohini Barmakni (qarang Barmakiylar) oʻldir-gach (652), Balx va Toharistonning amaldagi hokimi. Mahalliy hokimlarning arab bosqinchilariga qarshi ku-rashiga rahbarlik qilgan. Balxdan jan. dagi Dara-i Gaz vodiysidagi togʻ tepasida qurilgan tosh qalʼa (Barbar yoxud Farazdaz) Nizak tarxon tomonidan arablarga qarshi mudofaa maqsadida bunyod etilgan. 701 yil Nizak tarxon Sugʻd podshosi Tarxunning chaqirigʻiga koʻra, Termizga, Xalifalikdan ajralib chiqqan Sobit ibn Qutba va Muso ibn Abdullohga yordam berish uchun kelgan. 706 yil Qutayba ibn Muslim bilan sulh bitimi imzolagach, arablarning Movarounnahr shaharlariga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan. Biroq arablarning muvaffaqiyatlaridan xavfsirab, ularga qarshi kurashga otlangan. Nizak tarxon Balx sipohbadi, Marvarud shohi Bazam, Toliqon shohi Saxrek (Suxrob ?), Foryob shohi Tursul va Juzjon shohi al-Juzjoniyga noma yoʻllab, ularni kurashga daʼvat etgan va roziligini olgan. Xulm yoʻlagi (tor dara)da boʻlgan jangda Qutayba gʻolib chiqqach, Nizak tarxon Bagʻlon yaqinidagi Fanj Joh bulogʻi boʻyiga chekingan. Qutayba unga qarshi ukasi Abdurahmonni ilgʻor qilib joʻnatgan, Nizak tarxon togʻdagi al-Kurza qalʼasiga joylashib mustah-kam istehkom barpo etgan. Qalʼaga fa-qat birgina tor soʻqmoq yoʻl orqali chiqilgan. Qutayba qalʼani 2 oy qamal qilgan. Qalʼadagilarning oziqovqat zaxirasi tugagan, kishilar orasida chechak kasali tarqalgan. Qutayba Nizak tarxon oldiga elchisini yuborib unga omonlik, daxlsizlik berish haqida yolgʻon vaʼda qilgan. Bunga ishongan Nizak tarxon qalʼadan chiqib kelganda uni hibsga olgan va 700 ta safdoshi bilan qatl ettirgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Istoriya at-Tabariy, T., 1987; Ka-mal iddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po arabo-yazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |