Abul Muhomid Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil ibn Ahmad ibn Shis ibn hakam Saffor Buxoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abul Muhomid Hammod ibn Ibrohim ibn Ismoil ibn Ahmad ibn Shis ibn Hakam Saffor Buxoriy[1]. 560 hijriy yili Bagʻdodga kelib, Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil al-Koshoniydan hadis eshitgan. Tarixchi Yoqut Hamaviy uni „U oʻz davrining arab tilini mukammal, eng nozik nuqtalarigacha biladigan olimlaridan biri“ desa, muarrix Hokim „Men Buxoroda sheʼriyat va fiqhda undan zehnli kishini koʻrmadim“ deya taʼriflagan. Samarqandda vafot etgan degan maʼlumotlar berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Табсир ал-мунтабиҳ би таҳрир ал-муштабиҳ. Мактаба аш-Шамила. Ж.1. – Б.329; Ўрта Осиё олимлари қомуси. Тузувчи Абдуллоҳ Абдулҳамид Саад. – Т., 2007. – Б. 249.