Abul-Xorit Muhammad
Qiyofa
| Abul-Xorit Muhammad | |
|---|---|
| Xoram hukmdori | |
|
Mansab davri 1017-yil – 1017-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Ma'mun II |
| Vorisi | Oltuntosh |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Vafoti | 1017-yil |
| Otasi | Abul-Hasan Ali |
| Dini | Islom |
| Mansubligi | Maʼmuniylar |
| Unvoni | Xorazmshoh |
Abul-Xorit Muhammad (*taxminan 1000 - 1017-yildan keyin) 1017-yilda Xorazm hukmdori[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abul-Xarit Muhammad Maʼmuniylar sulolasidan chiqqan. Xorazmshoh Abul-Hasan Alining oʻgʻli. 1017-yilda amakisi Xorazmshoh Maʼmun II oʻldirilgach, harbiylar uni Xorazm taxtiga oʻtqazadilar. Biroq, u aslida hech qanday harbiy kuchga ega emas edi. Xorazm ulugʻlari oʻrtasidagi kurashdan foydalanib, Sulton Mahmud Gʻaznaviy Xorazmga hujum qilib, u yerdagi qoʻshinlarni magʻlub etadi. Shundan soʻng u Muhammadni taxtdan agʻdarib, oʻz askari – Oltuntoshni Xorazmshoh unvoni bilan hokim qilib tayinlaydi[2]. Sobiq Xorazmshoh Gʻaznaga joʻnatilgan, keyinchalik surgun qilingan. Abul-Xoritning keyingi taqdiri nomaʼlum.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The Early Ghaznavids, C. E. Bosworth, The Cambridge History of Iran, Vol.4, ed. R. N. Frye, (Cambridge University Press, 1999), 174.
- ↑ „O'ZBEKISTON HUKMRONLIK QILGAN SULOLALAR VA HUKMDORLAR“. ziyouz.com. 2023-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosvort, CE „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A. D. 1000—1217).“ Kembrij tarixi, jild. 4: The Saljuq and Mongol Periods. Ed. JA Boyl. Kembrij, Buyuk Britaniya: Kembrij universiteti nashriyoti, 1968 yil.
- Meisami, Juli Scott (1999). Persian Historiography to the End of the Twelfth Century. Edinburg universiteti nashriyoti 1–319. ISBN 9780748612765.