Abu Shujo Roʻzrovardiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abu Shujo Ro‘zrovardiy, Zahiruddin Muhammad ibn Husayn (1045, Ahvoz —1095, Madina) — tarixchi, davlat arbobi. Fiqh, hadis, til va tarix sohasida, xususan somoniylar tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan. 1076 yilda xalifa Muqtadiy (1075-94) tomonidan vazirlikka tayinlangan. Uning davrida ba’zi solikdar yengillashtirilgan. U o‘z yerlarini vaqfga ajratib, masjid va madrasalar qurdirgan. Sunniylar va shialar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilgan. 1091 yil saljuqiylar sultoni Malikshoh Samarqandni fath qilmoqchi bo‘lganda, Abu Shujo Roʻzrovardiy janjalni tinch yo‘l bilan hal etgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil